2026-yilning 13–15-may kunlari Buxoro shahrida II Osiyo xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tadi
Oliy Majlis Senatida II Osiyo xotin-qizlar forumini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlis Senatida II Osiyo xotin-qizlar forumini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Parlament yuqori palatasi xabariga ko‘ra, yig‘ilishni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Yig‘ilishda Tashkiliy qo‘mita aʼzolari, senatorlar, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida (2025-yil 23–29-sentyabr) Osiyo xotin-qizlari forumini doimiy platformaga aylantirish taklifi ilgari surilgan edi.
Shu maqsadda mazkur anjumanni “BMT–ayollar” tuzilmasi va BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) bilan birgalikda joriy yil 13–15-may kunlari Buxoro shahrida o‘tkazish belgilandi.
Forum doirasida mintaqa xotin-qizlarining siyosat, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash va taʼlim, ijtimoiy himoya, iqlim, ekologiya va boshqaruv sohalaridagi huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama etiladi. Bu boradagi global va mintaqaviy hamkorlik yana-da mustahkamlanadi va o‘zaro tajriba almashiladi.
Forum orqali davlatimiz rahbari boshchiligida O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar, bandlik, tadbirkorlik, taʼlim va ijtimoiy himoya sohalarida yaratilgan shart-sharoitlar, obod mahallalar va farovon oilalar hayoti, turizm salohiyati hamda ilg‘or milliy tajriba xorijiy ishtirokchilarga yetkaziladi.
Shuningdek, BMTning Xotin-qizlar kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyasi, Xavfsizlik Kengashining 1325-rezolyutsiyasi, Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasi qoidalarini hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Yig‘ilish davomida tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy jihatlar, forum kun tartibi, uning mazmuni hamda xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari bilan ikki tomonlama uchrashuvlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida forumni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha vazirlik va idoralar masʼullari oldida aniq vazifalar qo‘yildi.
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.