Pokistonning «Daily Ittehad» gazetasi muxbiri Muhammad Аbbos Xon Oʼzbekistonda «Oltin qalam» milliy mukofoti bilan taqdirlandi
26-iyun kuni Toshkent shahrida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir va «Oltin qalam» XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov gʼoliblarini taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.
26-iyun kuni Toshkent shahrida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir va «Oltin qalam» XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov gʼoliblarini taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.
Mazkur nufuzli tanlovda Pokistonning markaziy nashrlaridan biri – «Daily Ittehad» gazetasining Oʼzbekistonda doimiy akkreditatsiyadan oʼtgan muxbiri Muhammad Аbbos Xon «Oltin qalam» milliy mukofotining «Chet ellik jurnalistning Oʼzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun» nominatsiyasi boʼyicha ikkinchi oʼrin sohibi boʼldi.
Muhammad Аbbos Xon koʼp yillar davomida Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli demokratik, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, Davlatimiz Rahbari tomonidan ilgari surilayotgan xalqaro tashabbuslar, mintaqaviy hamkorlik va barqaror taraqqiyotga qaratilgan saʼy-harakatlarni Pokiston jamoatchiligiga xolis va atroflicha yetkazib kelmoqda. Uning tahliliy maqolalari va intervьyulari Oʼzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, mamlakatimiz haqida obʼektiv tasavvurni shakllantirish hamda Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasidagi doʼstona munosabatlarni yanada rivojlantirishga munosib hissa qoʼshmoqda.
Jurnalist Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasi va Davlatimiz Rahbari tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans gʼoyalarini xalqaro jamoatchilikka yetkazishga alohida eʼtibor qaratib keladi. Xususan, 2025-yilda uning muallifligida urdu tilida «Oʼzbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot kontsepti» nomli kitob nashr etildi. Аsarda Yangi Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ilm-fan, taʼlim, innovatsiyalar va inson kapitaliga tayangan taraqqiyot modeli har tomonlama tahlil qilingan.
Ushbu kitobga Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif tomonidan soʼzboshi yozilgani uning ahamiyati va dolzarbligini yanada oshirdi. Kitob taqdimotlari 2025-yilda Islomobod va Toshkent shaharlarida yuqori saviyada tashkil etilib, davlat va jamoat arboblari, diplomatlar, olimlar, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida oʼtkazildi. Nashr keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va ijobiy baholandi.
Bundan tashqari, Muhammad Аbbos Xon Oʼzbekistondagi siyosiy jarayonlar, xalqaro forumlar, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, transport-kommunikatsiya loyihalari, madaniy-gumanitar aloqalar, turizm, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanish masalalariga bagʼishlangan koʼplab tahliliy materiallar, intervьyular va reportajlar tayyorlab kelmoqda. Uning ijodiy faoliyati Oʼzbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosati, investitsiyaviy salohiyati, iqtisodiy islohotlari hamda mamlakatimizda yaratilayotgan yangi imkoniyatlarni xalqaro auditoriyaga keng targʼib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Muhammad Аbbos Xonning «Oltin qalam» milliy mukofoti bilan taqdirlanishi uning koʼp yillik samarali jurnalistik faoliyati, Oʼzbekiston haqida xolis, ishonchli va mazmunli axborotlarni xalqaro maydonda keng yoritish borasidagi xizmatlarining munosib eʼtirofi boʼldi.
Oʼzbekistonning Pokiston elchixonasi Muhammad Аbbos Xonni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi hamda unga Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasidagi doʼstlik, oʼzaro anglashuv va axborot hamkorligini yanada mustahkamlash yoʼlidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi ijodiy yutuqlar tilaydi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.