Bavariya Yevropa ishlari va xalqaro munosabatlar bo‘yicha davlat vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida
10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Bavariyaning Yevropa ishlari va xalqaro munosabatlar bo‘yicha davlat vaziri Erik Beysvenger bilan uchrashdi.
10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Bavariyaning Yevropa ishlari va xalqaro munosabatlar bo‘yicha davlat vaziri Erik Beysvenger bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston–Germaniya munosabatlarining joriy holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki tomonlama savdo hajmini oshirish va investitsiya loyihalarini kengaytirish uchun amaliy choralar ko‘rish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, davlat vaziri E.Beysvenger O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi. Xorijiy tomon mamlakatning xalqaro nufuzining barqaror o‘sishini, shuningdek, uning xalqaro maydondagi ishonchli hamkor sifatidagi roli ortib borayotganini alohida ta’kidladi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.