Umumiy genetik kod: Markaziy va Janubiy Osiyo madaniy-tsivilizatsion merosining tiklanishi
Markaziy va Janubiy Osiyo uzoq tarix davomida madaniy va sivilizatsiyaviy aloqalarning keng maydoni boʼlib kelgan.
Markaziy va Janubiy Osiyo uzoq tarix davomida madaniy va sivilizatsiyaviy aloqalarning keng maydoni boʼlib kelgan.
Ikki mintaqa xalqlari koʼp marta yagona davlat tuzilmalari, yagona siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar doirada birlashgan. Аynan shu hududlar orqali Yaqin Sharq, Yevropa, Hindiston va Xitoyni bogʼlovchi eng muhim yoʼllar oʼtgan. Yaqin aloqalar tufayli ilmiy bilimlar va falsafiy gʼoyalar, tibbiyot, astronomiya, matematika, meʼmorchilik, diplomatiya va davlat boshqaruvi tizimidagi yutuqlar tarqalgan.
Hozirgi global notinchlik va oʼzaro ishonchsizlik davrida Markaziy va Janubiy Osiyo oʼrtasidagi chuqur tarixiy-tsivilizatsion umumiy jihatlarni tushunish alohida ahamiyat kasb etadi.
Aynan shu savollar Termiz muloqotining kun tartibiga kiritilgan boʼlib, u koʼp tomonlama inklyuziv maydon sifatida mintaqaviy muammolarni konstruktiv dialog va birgalikda yechim topish uchun sharoit yaratishga qaratilgan.
Bunda firimiz faqat oʼtmishdagi savdo aloqalari yoki siyosiy aloqalarni retrospektiv tahlil qilish haqida emas. Zamonaviy populyatsion genetika maʼlumotlari makroregion aholisining barqaror, koʼp asrlik antropologik oʼzaro bogʼliqligining mavjudligini tasdiqlaydi.
Keng koʼlamli paleogenetik tadqiqotlar natijalari, jumladan, hind sivilizatsiyasi vakillarining qadimgi DNK (a-DNK) ketma-ketligini aniqlash, arxeologik va lingvistik tekshirishlar bilan birgalikda, ming yillar davomida migratsiya oqimlari yoʼnalishlarini va genofond oʼzgarishini qayta tiklash imkonini beradi.
Janubiy Oʼzbekiston va Baqtriya-Margʼiyona arxeologik majmuasining (VMАC) qadimgi aholisini oʼrganish mahalliy populyatsiyalarning genetik vorisiyligini va ularning Eron platosi, Shimoli-Gʼarbiy Hindiston va Hind havzasidagi qadimiy jamoalar bilan yaqin aloqalarini koʼrsatadi.
Soʼnggi bronza va ilk temir davridagi ushbu jarayonlarning oʼziga xosligi shuni koʼrsatadiki, hozirgi Oʼzbekistonning janubiy hududlari doimiy demografik va madaniy almashuv makoni sifatida faoliyat yuritgan. Oʼzbekistonning zamonaviy janubi hududlari odamlar, texnologiyalar va madaniy amaliyotlarning jadal almashinuvi yagona makonining bir qismi boʼlgan. Bu omil Markaziy va Janubiy Osiyodagi antropologik, til va diniy jarayonlarning yaqinligini, shu bilan birga, ularning avtoxton oʼziga xosligini yoʼqotmasligini taʼminladi.
Gap genetik bir-xillik haqida emas, balki Markaziy va Janubiy Osiyoda antropologik, lingvistik, madaniy va diniy jarayonlarning yaqinligini shakllantirgan koʼp asrlik demografik oʼzaro taʼsir tizimi haqida bormoqda. Bularning barchasi ular oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlik jarayonlarini chuqurlashtirish uchun mukammal shart-sharoit yaratadi. Bunda yaqinlashuvning asosini moddiy yemas, balki maʼnaviy qadriyatlar tashkil yetadi.
Mazkur kontekstda Yangi Oʼzbekistonning transregional aloqadorlikni tiklash boʼyicha zamonaviy tashabbuslari, mintaqa davlatlarning chuqur oʼzaro bogʼliqligi bilan belgilangan tarixiy rivojlanish modelining qonuniy davomi deb hisoblanadi.
2016 yildan keyin Oʼzbekistonning zamonaviy tashqi siyosati pragmatik iqtisodiy-transport hamkorligi va makromintaqaning umumiy tarixiy taqdirini tan olish sinergiyasiga asoslanadi. Ushbu strategiyani amalga oshirish doirasida Movarounnahr, Аfgʼoniston va Hindiston yarimorolini bogʼlab turgan qadimiy intellektual va logistika markazi – Termiz shaxri alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu sababli, tarix va madaniyat sohasida buddaviy va islom merosini birgalikda oʼrganish boʼyicha loyihalarni amalga oshirishga alohida urgʼu berilmoqda. Janubiy Oʼzbekiston yodgorliklarining (Qora-tepa, Fayoz-tepa, Kampirtepa) oʼziga xos sintezizmi hind, yellinistik, yeron va oʼrta osiyo anʼanalarining tarixiy sintezini aks yettiradi, bu yesa buddizmning Hindistondan Sharqiy Osiyoga oʼtish yoʼllarini belgilaydi.
VIII asrdan boshlab mintaqaning islom makoniga integratsiyasi sivilizatsiya sintezining yangi bosqichini boshlab berdi. Termiz musulmon olamining asosiy intellektual markazlaridan biriga aylandi, bu esa sufiy tarmoqlarining taʼsiri va Markaziy hamda Janubiy Osiyoda oʼz obroʼsini saqlab kelayotgan buyuk mutafakkir al-Hakim at-Termiziy merosi bilan tasdiqlanadi.
Temuriylar davrida bu aloqalar bevosita Movarounnahr madaniy matritsasiga borib taqaladigan Buyuk Moʼgʼullar (Boburiylar)ning oʼziga xos hind-musulmon sivilizatsiyasi shakllanishiga asos boʼldi.
Ushbu tarixiy-tsivilizatsiyaviy poydevorga tayanib, Toshkent bugungi kunda Markaziy va Janubiy Osiyo uchun umumiy madaniy va gumanitar platforma yaratish tarafdori boʼlib chiqmoqda, bu Janubiy Osiyoning asosiy davlatlari tashqi siyosat strategiyalari bilan yuqori darajada oʼzaro bogʼliqlikni namoyish etadi:
Hindiston: Nьyu-Dehli Oʼzbekiston tashabbuslariga oʼzining “Connect Central Asia” kontseptsiyasi nuqtai nazaridan qaraydi. Madaniy va tarixiy oʼxshashliklar (Boburiylar davri, soʼfiylik va buddaviylik merosi) Hindistonga Oʼzbekistonda yetakchi universitetlari (Amity va Sharda) filiallarini ochish orqali oʼzining mintaqadagi gumanitar ishtirokini kengaytirish imkon beradi.
Pokiston: Islomobod uchun Samarqand va Buxoro bilan chuqur maʼnaviy aloqalar muhim ahamiyatga ega. "Ziyorat turizmi" dasturlarini rivojlantirish gumanitar aloqalar uchun ragʼbat vazifasini oʼtaydi va keng koʼlamli transmintaqaviy transport loyihalarini amalga oshirish uchun zarur boʼlgan oʼzaro ishonchni oshirishga xizmat qiladi.
Аfgʼoniston: Kobul uchun Oʼzbekistonning siyosatdan xoli tashabbuslari tashqi dunyo bilan oʼzaro aloqa qilishning qonuniy yoʼlini ochib, siyosiy qarama-qarshilikka aralashmasdan mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qoʼshilish imkonini beradi.
Аlohida taʼkidlash joizki, makromintaqaning strategik salohiyati uning demografik xususiyatlari bilan chambarchas bogʼliq. Markaziy va Janubiy Osiyo dunyodagi eng "yosh" mintaqalar qatoriga kiradi: bu yerda 30 yoshgacha boʼlgan aholi ulushi 60% dan oshadi, oʼrtacha yosh esa taxminan 28 yoshni tashkil etadi. Bu demografik resurs barqaror oʼsish va jamoatlararo aloqalarni faollashtirishning asosiy drayveri boʼlib xizmat qiladi, bu esa inson kapitalini rivojlantirish vazifalarini dolzarblashtiradi.
Bunday sharoitda inson kapitalini rivojlantirish sohasida hamkorlikdagi ishlarning ahamiyati ortib bormoqda. Malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-akademik hamkorlikni kengaytirish, bilim va texnologiyalar almashinuvi, yoshlar va jamiyatlararo aloqalarni faollashtirish shular jumlasidan.
Oʼzbekiston makromintaqada oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-akademik hamkorlikni izchil kengaytirib bormoqda. Termiz shahrida xalqaro tashkilotlar koʼmagida afgʼonistonlik talabalarni kasb-hunarga va tilga oʼqitish dasturlari yoʼlga qoʼyilgani buning amaliy namunasidir. Natijada shahar ikki mintaqa chorraxasida yirik taʼlim va gumanitar markazga aylanmoqda.
Toshkent tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar transregional aloqadorlikni tiklashda samarali vosita boʼlib xizmat qiladi va davlatlarning chuqur oʼzaro bogʼliqligi bilan belgilangan rivojlanishning tarixiy modelining mantiqiy davomi hisoblanadi.
Ushbu strategiyani amalga oshirish doirasida Movarounnahr, Аfgʼoniston va Hindiston yarimorolini bogʼlab turgan qadimiy intellektual va logistika markazi – Termiz shaxri alohida ahamiyat kasb etadi.
Uning tarixiy roli oʼziga xos geostrategik joylashuvi bilan belgilangan. Аntik davrdayoq Termiz Yunon-Baqtriya va Kushon dunyosining muhim markazi boʼlgan. Аynan Kushon imperiyasi zamonaviy Markaziy Osiyo, Аfgʼoniston, Pokiston va Shimoliy Hindiston hududlarini birlashtirgan birinchi barqaror siyosiy-iqtisodiy makonlardan birini yaratdi.
Bugun Oʼzbekiston ushbu merosni yangi koʼp tomonlama muloqot platformalarini tashkil etish orqali institutsional shakllantirmoqda. Bu tizimda transport-logistika aloqalarini, gumanitar diplomatiyani va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga yoʼnaltirilgan "Termiz dialogi" xalqaro platformasi muhim oʼrin tutadi.
Mutaxassislar hamjamiyati ushbu platformaning sifatli evolyutsiyasini qayd etmoqda. Ikkinchi "Termiz muloqoti" anjumani (2026-yil 4–6 iyun kunlari Toshkent, Termiz va Samarqandda rejalashtirilgan) siyosat, logistika, iqlimga moslashish va madaniy almashuv sohalarida kontseptual munozaralardan amaliy hamkorlik mexanizmlarini shakllantirishga oʼtishni anglatadi. Forum mintaqaviy xavfsizlik va Аfgʼonistondagi vaziyatni tartibga solish boʼyicha koʼp tomonlama yondashuvlarni ishlab chiqish uchun ixtisoslashtirilgan xalqaro platforma maqomiga ega boʼlmoqda.
Oʼzbekistonning yondashuvidagi asosiy oʼziga xoslik "inklyuziv mintaqaviylik" gʼoyasiga asoslanadi, bu esa Afgʼonistonning mintaqalararo aloqalar tizimiga majburiy ravishda qoʼshilishini taqozo etadi. Toshkent insonparvarlik hamkorligini davlatlar oʼrtasidagi ziddiyatlarni yumshatish va mintaqaviy ajralishni yengish vositasi sifatida baholab, muqobil diplomatiya modelini taklif qilmoqda.
Shunday qilib, zamonaviy Oʼzbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo oʼrtasidagi oʼzaro hamkorlikning tarixiy tajribasini XXI asr voqeligiga mos ravishda kontseptual jihatdan qayta koʼrib chiqmoqda. "Termiz muloqoti" platformasini rivojlantirish va transmintaqaviy aloqalarni ragʼbatlantirish orqali Toshkent yagona sivilizatsiyaviy makon haqidagi tarixiy xotirani koʼp tomonlama integratsiya, gumanitar sheriklik va boʼlinmas mintaqaviy xavfsizlikning hayotiy mexanizmiga aylantirmoqda.
Sabirov Аlisher,
tarix fanlari doktori
Nizomiy nomidagi Oʼzbekiston milliy
pedagogika universiteti
O'xshash yangiliklar
TIV rahbarining Turkmaniston Respublikasiga tashrifiga oid
2026-yil 14-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning Turkmaniston Respublikasi Ashxobod shahriga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston–Turkmaniston munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar hamda muzokaralar o‘tkazildi.
Oʼzbekistonda xorijiy sayyohlar uchun QQSni qaytarish tizimi yoʼlga qoʼyildi
2026-yil 1-apreldan boshlab Oʼzbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida xorijiy fuqarolar uchun qoʼshilgan qiymat soligʼini (Tax Free) qaytarish tizimi joriy etildi.
Toskana gubernatori bilan o‘tkazilgan uchrashuvga oid
14-iyul kuni Tashqi ishlar vazirligida Italiyaning Toskana viloyati gubernatori Eujenio Jani bilan uchrashuv o‘tkazildi.