TIVda Xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi
Unda Vazirlik rahbariyati hamda jamoa xodimlari ishtirok etib, tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni bayram bilan samimiy qutladilar
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlik rahbariyati hamda jamoa xodimlari ishtirok etib, tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni bayram bilan samimiy qutladilar.
Tadbir doirasida ayollarning jamiyatdagi strategik rolini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda milliy ma’naviyatimizning uzviy qismi bo‘lgan gender tenglikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev o‘z nutqida Davlatimiz Rahbari tomonidan xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, ayollarning nafaqat davlat boshqaruvi va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi mavqeini mustahkamlash, balki ularni xalqimizning ma’naviy kamoloti va milliy qadriyatlarimizning asrab-avaylovchisi sifatida e’zozlash jamiyatda yangicha ma’rifiy muhitni qaror toptira otgani qayd etildi. Muloqot davomida xotin-qizlarning davlat boshqaruvi va qarorlar qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish, ularning yuksak ma’naviy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari yo‘lida yaratilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlar alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, ayollar nafaqat siyosiy faol qatlam, balki xalqimizning boy ma’rifiy merosi va ezgu qadriyatlarini xalqaro maydonda targ‘ib etuvchi ma’naviyat elchilari hisoblanadi.
Uchrashuvda nafaqat erishilgan yutuqlar yuqori baholandi, balki sohadagi dolzarb masalalarni ma’naviy-axloqiy mezonlar va diplomatik muloqot uyg‘unligida hal etish, kelajak avlod tarbiyasida xotin-qizlarning ma’rifiy ta’sirini kuchaytirish hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Related news
Foreign Minister held a farewell meeting with the German Ambassador
On July 15, Foreign Minister of the Republic of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov held a farewell meeting with Manfred Huterer, Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Federal Republic of Germany to Uzbekistan.
On the Visit of the Foreign Minister to the Republic of Turkmenistan
On July 14, 2026, within the framework of the official visit of the delegation of the Republic of Uzbekistan led by Foreign Minister Bakhtiyor Saidov to Ashgabat, Turkmenistan, a series of high-level meetings and talks aimed at further strengthening Uzbekistan–Turkmenistan relations were held.
Green Economy, Social Sustainability, and Transparent Governance: Uzbekistan’s New Development Formula
The global economy has entered a stage in which sustainable development is no longer merely a declarative agenda but has become one of the key criteria for assessing trust in governments, companies, and financial institutions.