Oʼzbekiston va Pokiston savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokiston Maxsus investitsiyalarga koʼmaklashish kengashi (SIFC) bosh direktori Sajid Аmin bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokiston Maxsus investitsiyalarga koʼmaklashish kengashi (SIFC) bosh direktori Sajid Аmin bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Pokiston Tashqi ishlar vazirligi, SIFCning investitsiya va sanoat loyihalariga masʼul vakillari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Unda Oʼzbekiston-Pokiston ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini kengaytirish, transport-logistika sohasidagi mavjud muammolarni hal etish hamda qoʼshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʼrib chiqildi. Ikki mamlakat oʼrtasidagi anʼanaviy transport yoʼlagining yopilishi natijasida oʼzaro savdo hajmining keskin qisqarishi va ushbu muammoni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Pokistonning Peshovar–Torxam yoʼnalishidan Аfgʼoniston hududi orqali Termiz shahrigacha maxsus savdo-tranzit koridorini tashkil etish va yuk tashishni alohida nazorat mexanizmlari asosida amalga oshirish tashabbusi ilgari surildi.
Mazkur taklifni amaliy jihatdan muhokama qilish maqsadida Oʼzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Transport vazirligi hamda Pokistonning tegishli idoralari ishtirokida onlayn muzokaralar tashkil etish taklif qilindi.
Pokiston tomoni joriy cheklovlar xavfsizlik bilan bogʼliq vaziyatdan kelib chiqayotganini bildirib, Oʼzbekiston tomonidan ilgari surilgan maxsus tranzit koridorini tashkil etish taklifini amaliy jihatdan maqbul tashabbus sifatida baholadi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Pokistonning yirik developerlik va qurilish kompaniyalarini Yangi Toshkent shahri loyihasiga jalb etish va shu yil Toshkent shahrida oʼtkazilishi rejalashtirilgan «Yangi Oʼzbekiston: global bozorlar chorrahasida» xalqaro biznes-forumiga Pokiston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokini taʼminlash masalasi muhokama qilindi.
Pokiston tomoniga Yangi Toshkent shahri loyihasining investitsiyaviy imkoniyatlari, xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʼgʼrisida atroflicha maʼlumot berildi.
SIFC rahbariyati mazkur tashabbuslarni qoʼllab-quvvatlab, moliyaviy jihatdan salohiyatli va ishonchli Pokiston kompaniyalarini Yangi Toshkent loyihasiga va xalqaro-biznes forumga jalb etishda amaliy yordam koʼrsatilishini tasdiqladi.
Bundan tashqari, muloqot davomida Pokistonda Oʼzbekiston kompaniyalarining ishlab chiqarish va logistika obʼektlarini tashkil etish, Karachida oʼtkazilishi rejalashtirilgan «FoodAg-2026» xalqaro oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi koʼrgazmasida Oʼzbekiston delegatsiyasining ishtirokini taʼminlash, ikki davlat markaziy banklari oʼrtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda Pokiston aviakompaniyalarini Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlariga muntazam aviareyslarni ochishga jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
O'xshash yangiliklar
Pokiston kompaniyasi Yangi Toshkentda ijtimoiy va yoʼl-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning «Metrocon» qurilish kompaniyasi taʼsischisi Аbdul Qodirni qabul qildi.
Islomobodda Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasidagi ikki va qoʼp tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokiston Tashqi ishlar vazirining oʼrinbosari, ShHT ishlari boʼyicha milliy koordinator Xalil Hashmi bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Pokiston kompaniyasi Yangi Toshkent shahrida investitsiya loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida 2–4-noyabr kunlari Pokistonning “Vision Group” kompaniyasi raisi o‘rinbosari Abdul Rehman Xan boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga safari tashkil etildi.