Pokiston kompaniyasi Yangi Toshkentda ijtimoiy va yoʼl-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning «Metrocon» qurilish kompaniyasi taʼsischisi Аbdul Qodirni qabul qildi.
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning «Metrocon» qurilish kompaniyasi taʼsischisi Аbdul Qodirni qabul qildi.
Uchrashuv Davlatimiz Rahbari raisligida Yangi Toshkent shahri qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investorlar va tadbirkorlar bilan oʼtkazilgan ochiq muloqot davomida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, ushbu yirik shaharsozlik loyihasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.
Muloqot chogʼida elchi Аlisher Toʼxtaev Oʼzbekistonda soʼnggi yillarda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli iqtisodiy islohotlar, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar hamda qurilish va infratuzilma sohalaridagi istiqbolli investitsiya imkoniyatlari haqida soʼzlab berdi. Shuningdek, Yangi Toshkent shahrini barpo etish loyihasining strategik ahamiyati, uning koʼlami, asosiy yoʼnalishlari va xorijiy kompaniyalar uchun ochayotgan yangi imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mazkur megaloyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan kompaniyalar uchun nazarda tutilgan imkoniyatlar va ragʼbatlantirish choralari, yer uchastkalarini ajratish mexanizmlari, investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi va hamkorlik shartlari toʼgʼrisida alohida taʼkidlandi.
«Metrocon» kompaniyasi rahbariga Yangi Toshkent shahri qurilishi doirasida avtomobilь yoʼllari va koʼpriklar barpo etish, zamonaviy transport infratuzilmasini rivojlantirish, suv taʼminoti va oqova suv tizimlarini qurish, turar-joy majmualari, mehmonxonalar, shuningdek, savdo va tijorat obʼektlarini barpo etish kabi yoʼnalishlarda investitsiya loyihasini amalga oshirish taklif etildi.
Pokiston vakili, oʼz navbatida Oʼzbekistonda shaharsozlik va qurilish sohalari jadal surʼatlarda rivojlanayotgani, zamonaviy infratuzilma obʼektlari barpo etilayotgani va xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini yuqori baholadi. «Biz Yangi Toshkent shahrini barpo etishdek ulkan va strategik ahamiyatga ega loyihada ishtirok etishga katta qiziqish bildirayotganimiz rost, – dedi Аbdul Qodir. – Kompaniya ushbu yoʼnalishdagi hamkorlik imkoniyatlarini batafsil oʼrganib chiqish va oʼzining aniq investitsiyaviy hamda amaliy takliflarini Oʼzbekiston tomoniga taqdim etishadi.
Boʼlib oʼtgan muzokaralar yakunida hamkorlikning istiqbolli yoʼnalishlarini batafsil oʼrganish, «Metrocon» kompaniyasi delegatsiyasining Oʼzbekistonga safarini tashkil etish va tashrif doirasida mamlakatimizning tegish vazirlik va idoralari hamda Yangi Toshkent shahrini barpo etish direktsiyasi rahbariyati bilan uchrashuvlar oʼtkazishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
Islomobodda Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasidagi ikki va qoʼp tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokiston Tashqi ishlar vazirining oʼrinbosari, ShHT ishlari boʼyicha milliy koordinator Xalil Hashmi bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Pokiston kompaniyasi Yangi Toshkent shahrida investitsiya loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida 2–4-noyabr kunlari Pokistonning “Vision Group” kompaniyasi raisi o‘rinbosari Abdul Rehman Xan boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga safari tashkil etildi.
Toshkent va Shri-Lankaning Mattala shaharlari oʼrtasida ilk toʼgʼridan-toʼgʼri aviaqatnovlar yoʼlga qoʼyildi
Oʼzbekistonning xususiy «Centrum Air» aviakompaniyasi tomonidan Toshkent va Shri-Lankaning Mattala shaharlari oʼrtasida ilk toʼgʼridan-toʼgʼri aviaqatnovlar yoʼlga qoʼyildi.