Pokistonda Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilingan kun keng nishonlandi
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilingan kun munosabati bilan mamlakatimizning Pokistondagi elchixonasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilingan kun munosabati bilan mamlakatimizning Pokistondagi elchixonasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
«Bir Vatan, bir el, bir bayroq!» shiori ostida oʼtkazilgan tadbirda diplomatlar va ularning oila aʼzolari, vatandoshlar hamda Pokiston OАV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida elchixona hovlisida bayroq koʼtarilishi marosimi oʼtkazildi.
Shundan soʼng Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev nutq soʼzlab, ishtirokchilarni Davlat bayrogʼi qabul qilinganining 35 yilligi bilan tabrikladi.
Diplomatik vakolatxona rahbari 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan bayrogʼimiz – mustaqillik, tinchlik, birlik va taraqqiyot yoʼlidagi qatʼiy irodamizni ifoda etuvchi muqaddas milliy ramz sifatida yurtimiz tarixida alohida oʼrin tutishini taʼkidladi.
Oʼzbekiston bayroqning tarixiy ahamiyati, uning rang va belgilarining maʼnosi haqida maʼlumotlar berildi. Ushbu ramz xalqimizning shaʼn-shuhrati, farovon kelajakka ishonchi va milliy gʼururi timsoli ekanligi alohida qayd etildi.
«Bayrogʼimiz mamlakatimiz suvereniteti, xalqimizning birdamligi va milliy gʼururi timsoli sifatida qadrlanadi. U rasmiy tadbirlar va xalqaro anjumanlarda yurtimizni namoyon etsa, sport musobaqalaridagi gʼalabalar orqali ham Oʼzbekiston nomini dunyoga tanitadi.Аyniqsa, sportchimiz shohsupaga koʼtarilib, bayrogʼimiz baland hilpiragan, madhiyamiz yangragan lahzalarning qadri oʼzgacha. Bu manzara ortida yillar davomidagi mashaqqatli mehnat, murabbiylar fidoyiligi, ota-onalarning ishonchi va butun xalqning quvonchi mujassam», – dedi elchi А.Toʼxtaev.
Pokistonning «Associated Press of Pakistan» axborot agentligi bosh muharriri Shams Аbbasi soʼzga chiqib, Oʼzbekiston barogʼi mamlakat Rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlarning ramzi, Yangi Oʼzbekistonni barpo etishda barchani safarbar etayotgan maʼnaviy omil ekanligini qayd etdi.
«Soʼnggi yillarda Oʼzbekistondagi jadal oʼzgarishlar, jamiyat hayotining turli yoʼnalishlarida, jumladan sport sohasida qoʼlga kiritilayotgan salmoqli yutuqlar Oʼzbekiston bayrogʼining global miqyosda taniqli davlat ramzlaridan biriga aylantirdi. Oʼzbekiston yoshlari, xususan sportchilarining Jahon va qitʼa chempiaotlaridagi yutuqlarini, birinchi oʼrinda, davlat bayrogʼiga hurmat bajo keltirish bilan nishonlashmoqda, uni turli fan va sport arenalarida yuqori koʼtarishmoqda. Ishonchim komilki, Vatanni yuksak ardoqlovchi avlod, albatta, zamon bilan hamnafas Yangi Oʼzbekistonni barpo etishga qodir», – dedi Sh.Аbbassi.
Oʼzbekistonning Pokistondagi turizm Hamid Mahmud Chaudri oʼz navbatida davlat ramzlari, xususan bayroqning mustaqillik, milliy gʼurur, xalq birligini mustahkamlashdagi oʼrni haqida toʼxtaldi.
«Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼi qabul qilingan kun – 18 noyabrь oʼzbek xalqi hayotida ulkan tarixiy va maʼnaviy ahamiyatga ega boʼlgan qutlugʼ sanadir. Bayroq – mustaqillik, milliy gʼurur, xalq birligi va davlat suverenitetining yorqin ramzidir. Unda mujassam boʼlgan har bir rang va timsol Oʼzbekistonning boy tarixi, qadriyatlari, tinchliksevarligi va yorugʼ kelajakka boʼlgan intilishini ifoda etadi.
Oʼzbekiston va Pokiston xalqlarini asrlar davomida shakllangan tarixiy, diniy va madaniy rishtalar bogʼlab turadi. Oʼzbekiston bayrogʼi ostida mamlakatning boy madaniy merosi, buyuk allomalari va betakror sayyohlik salohiyati jahonga namoyon boʼlmoqda. Ishonamanki, turizm va madaniy hamkorlik ikki xalq oʼrtasidagi doʼstlik koʼpriklarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Fursatdan joydlanib, Oʼzbekiston xalqini ushbu qutlugʼ sana bilan bilan muborakbod etaman»,– dedi H.Mahmud
Davra suhbatida ishtirok etgan vatandoshlar ham oʼz fikrlarini bildirdi.
Xususan, Pokistondagi vatandoshimiz Dilbar Mirzava Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi va uning xalqimiz hayotidagi oʼrniga toʼxtaldi.
«Davlat bayrogʼi – bu shunchaki ramz emas. Unda xalqimizning tarixi, milliy qadriyatlari, orzu-umidlari va kelajakka boʼlgan ishonchi mujassam.
Аyniqsa, xorijda yashayotgan vatandoshlarimiz uchun Oʼzbekiston bayrogʼi alohida maʼnaviy ahamiyatga ega. Uni koʼrganimizda koʼz oldimizda ona Vatanimiz, ota-onamiz, tugʼilib oʼsgan yurtimiz va qadrdon xalqimiz gavdalanadi.
Qaerda yashamaylik, qaysi mamlakatda mehnat qilmaylik, biz oʼzimizning kimligimizni, qaysi yurt farzandi ekanimizni unutmasligimiz kerak. Har bir vatandoshimiz oʼzining odobi, bilimi, halol mehnati va yaxshi amallari bilan Oʼzbekiston obroʼsini yuksaltirishi lozim.
Oʼzbekiston bayrogʼini ulugʼlash har birimiz uchun masʼuliyatli burchga aylanishi lozim.
Bayrogʼimiz qabul qilingan kun butun dunyodagi oʼzbekistonliklar uchun muborak boʼlsin», – dedi D.Mirzaeva.
Tadbir oxirida Pokistonda yashayotgan vatandoshlar va ularning farzandlari tomonida Vatan razmlari, xususan Davlatimiz bayrogʼiga bagʼishlangan sheʼrlar oʼqib berildi.
O'xshash yangiliklar
Pokistondagi vatandosh oʼquvchilar oʼrtasida «Xorijdagi vatandoshlar diktanti» mazusida tanlov oʼtkazildi
Pokiston poytaxtidagi “Westminster Islamabad” maktabida tahsil olayotgan vatandosh o‘quvchilar ishtirokida “Xorijdagi vatandoshlar diktanti” mavzusida o‘zbek tilida diktant yozish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi, deb xabar bermoqda.
Pokistonda boʼlib oʼtgan xalqaro turizm festivalida Oʼzbekiston milliy poviloni namoyish etildi
Joriy yilning 6-8-noyabr kunlari Pokiston poytaxti Islomobodda boʼlib oʼtgan «Pakistan Tourism, Sports & Family Festival 2026» xalqaro turizm festivalida Oʼzbekiston milliy pavilьoni tashkl etildi.
Oʼzbekiston va Pokiston savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokiston Maxsus investitsiyalarga koʼmaklashish kengashi (SIFC) bosh direktori Sajid Аmin bilan uchrashuv oʼtkazdi.