TIV rahbarining Janubiy Afrika xalqaro aloqalar va hamkorlik vaziri bilan telefon orqali muloqotiga oid
1-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Janubiy Afrika Respublikasining xalqaro aloqalar va hamkorlik vaziri Ronald Ozzi Lamola bilan telefon orqali muloqot qildi.
1-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Janubiy Afrika Respublikasining xalqaro aloqalar va hamkorlik vaziri Ronald Ozzi Lamola bilan telefon orqali muloqot qildi.
Janubiy Afrika – O‘zbekistonning ushbu qit’adagi muhim hamkorlaridan biri. Muloqot davomida munosabatlarda yangi sur’at shakllanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Siyosiy muloqotni yanada faollashtirish, savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirish, qo‘shma loyihalarni ilgari surish bo‘yicha aniq qadamlar belgilab olindi.
Qo‘shilmaslik harakati doirasidagi hamkorlikka to‘xtalib, O‘zbekistonning 2027–2030-yillardagi raisligi davrida o‘tkaziladigan tadbirlarda Janubiy Afrika tomonining faol ishtirokidan manfaatdorlik bildirildi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyani ishga tushirish va ikki tomonlama huquqiy bazani takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar yaqin orada shaxsan uchrashib, bugungi muloqotda belgilangan rejalarni birgalikda ilgari surishga kelishib oldi.
O'xshash yangiliklar
O‘zbekistonning xalqaro mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-yil 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov mamlakatimizning xalqaro mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
6-8-oktabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida anʼanaviy “Aquatherm Tashkent 2026” ko‘rgazmasi qurilish va kommunal infratuzilmani rivojlantirish uchun eng so‘nggi texnologiyalarni taqdim etadi
Bu yil ko‘rgazmada 11 mamlakatdan 200 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan
O‘zbekiston global texnologik autsorsing bozorida o‘z o‘rnini egallamoqda
Bugungi kunda O‘zbekiston global texnologik autsorsing bozorida o‘z o‘rnini bosqichma-bosqich egallab bormoqda.