Germaniya TIV Osiyo va Tinç okeani mintaqasi departamenti boş direktori F.Hartmann bilan uçraşuv töğrisida
19-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça Maxsus vakili Ismatulla Irgaşev Germaniya Federativ Respublikasi Taşqi işlar federal vazirligining Osiyo va Tinç okeani mintaqasi departamenti boş direktori Frank Hartmann bilan uçraşdi.
19-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça Maxsus vakili Ismatulla Irgaşev Germaniya Federativ Respublikasi Taşqi işlar federal vazirligining Osiyo va Tinç okeani mintaqasi departamenti boş direktori Frank Hartmann bilan uçraşdi.
Uçraşuv davomida tomonlar Afğonistondagi joriy vaziyat yuzasidan atrofliça fikr almaşdi, şuningdek, mazkur yönalişda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Afğon xalqiga gumanitar yordam körsatiş va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanişiga kömaklaşiş borasida xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini birlaştirişga alohida e’tibor qaratildi.
Germaniya tomoni Özbekistonning Afğonistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy va infratuzilmaviy jarayonlarga jalb etişga qaratilgan izçil taşabbuslarini yuqori baholadi.
Tomonlar Afğonistondagi vaziyatni tartibga soliş masalalari böyiça tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirişdan özaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi hamda muntazam maslahatlaşuvlarni davom ettirişga kelişib oldi.
O'xshash yangiliklar
Özbekiston va Avstriya taşqi işlar vazirliklari örtasida navbatdagi siyosiy maslahatlaşuvlar ötkazildi
2026-yil 19-noyabr kuni Toşkentda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi va Avstriya Federal Yevropa va xalqaro işlar vazirligi örtasida siyosiy maslahatlaşuvlarning 8-davrasi bölib ötdi.
Rossiya elçisi bilan uçraşuv töğrisida
2026-yil 19-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Bobur Usmanov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Aleksey Yerxov bilan uçraşuv ötkazdi.
Özbekiston va Saudiya Arabistoni taşqi işlar vazirlari telefon orqali muloqot ötkazdi
19-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni Podşohligi taşqi işlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi.