O‘zbekiston diplomatiyasida “ustoz-shogird” anʼanasi amalda
O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasida amaliy safar bilan Islomobod shahriga kelgan faxriy diplomat, urdushunos olim, tarjimon, filologiya fanlari nomzodi Toshmirza Xolmirzayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasida amaliy safar bilan Islomobod shahriga kelgan faxriy diplomat, urdushunos olim, tarjimon, filologiya fanlari nomzodi Toshmirza Xolmirzayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Muhayyo Abdurahmonova va elchixona diplomatlari ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida elchi Alisher To‘xtayev diplomatik vakolatxona faoliyati, O‘zbekiston–Pokiston munosabatlarini yana-da mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, iqtisodiy diplomatiya, taʼlim, turizm hamda madaniy-maʼrifiy sohalarda ro‘yobga chiqarilayotgan qo‘shma loyihalar xususida sщlab berdi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yana-da rivojlantirish, xususan, madaniy-gumanitar aloqalar, taʼlim, tarjimachilik va ilmiy hamkorlik sohalaridagi istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, yosh diplomatlarning kasbiy mahorati va amaliy tajribasini oshirishga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
Toshmirza Xolmirzayev o‘z maʼruzasida, Pokistondagi diplomatik faoliyati, shuningdek, O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasini tashkil etish jarayoni bilan bog‘liq xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Xususan, ilk elchixonani tashkil etishda yuzaga kelgan tashkiliy qiyinchiliklar, kadrlar yetishmovchiligi va diplomatik faoliyati davomida ro‘y bergan qiziqarli voqealar haqida so‘z yuritdi.
«O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar har doim do‘stona ruhda bo‘lib kelgan. Pokiston rahbariyati va xalqi O‘zbekistonga katta hurmat va xayrixohlik bilan qaraydi. Bu, avvalo, xalqlarimizning mushtarak tarixi, dini va maʼnaviy qadriyatlari bilan bog‘liq. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Pokiston bilan aloqalarni yana-da mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Elchixona jamoasi va diplomatlar Davlat Rahbarining ushbu siyosatini amalga oshirishda faol va tashabbuskor bo‘lishi lozim. Bugungi kunda elchixonada yaratilgan shart-sharoitlar juda yaxshi. Biz o‘z vaqtida bunday imkoniyatlarni orzu qilar edik. Endi bu imkoniyatlar siz yosh diplomatlarga nasib etgan. Eng muhimi – samarali mehnat qilish va mahalliy tilni puxta o‘rganishdir. Mahalliy tilni bilish diplomatik faoliyatda katta ahamiyat kasb etadi», – dedi u.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Muhayyo Abdurahmonova o‘z navbatida, urdu tilidan o‘zbek tiliga, shuningdek, o‘zbek adabiyoti namunalarini urdu tiliga tarjima qilish ishlarini yana-da kengaytirish zarurligiga eʼtibor qaratdi. Bu orqali O‘zbekistonning boy madaniy merosi va zamonaviy adabiyotini Pokiston jamoatchiligiga kengroq tanitish imkoni yaratilishini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida diplomatik sohasida “ustoz-shogird” maktabini rivojlantirish, ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, urdu tili bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, qo‘shma ilmiy konferensiyalar va davra suhbatlarini muntazam tashkil etishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
Islomobodda «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi – 2027» tashabbusi taqdimot qilindi
Pokiston poytaxti Islomobod shahrida oʼtkazilgan «4th SES Diplomatic Network–2026» tadbirida Oʼzbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati va «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi–2027» (Pakistan–Uzbekistan Business Exchange – 2027) tashabbusi taqdim etildi.
O‘zbekiston–Pokiston tadbirkor ayollari forumi tashkil etiladi
O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev ushbu davlatda xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi Gulnora Mahmudova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik, savdo va investitsiya aloqalari yangi bosqichga olib chiqiladi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi – sanoat va ishlab chiqarish vaziri Harun Axtar Xon bilan uchrashdi.