O'zbekiston Musulmonlar idorasi huzurida Koll-markaz tashkil etildi
O'zbekiston Musulmonlar idorasi tasarrufidagi Fatvo markazi huzurida vatandoshlarning diniy ongini oshirish va diniy savollarga javob berish maqsadida Koll-markaz tashkil etildi.
O'zbekiston Musulmonlar idorasi ma'lumotiga ko'ra, idora tasarrufidagi Fatvo markazi huzurida vatandoshlarning diniy ongini oshirish, ularni turli adashgan oqim va guruhlar ta'siridan samarali himoya qilish, shuningdek diniy mavzulardagi turli savollarga aniq ilmiy javoblar berish maqsadida Koll-markaz tashkil etildi.
Ushbu markaz bilan quyidagi manzillar orqali bog'lanish mumkin:
Telegram: @fatvo_call_1, @Fatvo_call_2.
WhatsApp: +998917806633.
O'xshash yangiliklar
Yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash uchun qo'shimcha imkoniyatlar belgilandi
Ko'ksaroy qarorgohi da Prezident Mirziyoyev va yoshlar o'rtasida muloqot bo'lib o'tdi. 60 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash uchun qo'shimcha 200 million dollar, yangi kredit dasturlari va biznes-inkubatorlar e'lon qilindi.
O'zbekiston Prezidenti Belarus Bosh vazirini qabul qildi
Prezident Mirziyoyev 24 fevral kuni Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchinni qabul qildi. Tovar aylanmasi 25 foizga o'sib, deyarli 1 milliard dollarga yetdi.
Prezident "President Tech Award" tanlovida g'olib chiqqan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
Prezident Mirziyoyev "President Tech Award" g'oliblari taqdimoti bilan tanishdi. Tanlovda sun'iy intellekt, fintech, o'yin dasturlari va boshqa sohalardagi loyihalar tanlanadi. Ishtirokchilar 4 mingdan 6 mingga, jamoalar 444 dan 862 ga oshdi.