Oʼzbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va savdo sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytiradi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokiston Bosh vazirining maxsus yordamchisi, sanoat va ishlab chiqarish boʼyicha federal vazir Xarun Аxtar Xan bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokiston Bosh vazirining maxsus yordamchisi, sanoat va ishlab chiqarish boʼyicha federal vazir Xarun Аxtar Xan bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Muloqot chogʼida tomonlar Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi hamda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʼnalishlarini muhokama qildilar.
Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, savdo-iqtisodiy aloqalar hajmini oshirish, transport-tranzit va logistika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, energetika yoʼnalishida qoʼshma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, geologiya va farmatsevtika tarmoqlaridagi istiqbolli hamkorlik imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xarun Аxtar Xan joriy yil fevralь oyida Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Pokistonga amalga oshirgan davlat tashrifini ikki mamlakat munosabatlaridagi muhim tarixiy voqea sifatida baholadi.
«Oʼzbekiston yetakchisining uzoqni koʼra bilishi, strategik tafakkuri va yuksak siyosiy donoligi menda chuqur taassurot qoldirdi, – dedi u. – Shuningdek, Davlatingiz Rahbari boshchiligida Oʼzbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, barqaror iqtisodiy oʼsishni taʼminlash, aholi farovonligini oshirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan keng koʼlamli islohotlar izchil amalga oshirilayotganini yuqori baholaymiz. Oʼzbekistonning mazkur sohalarda toʼplagan boy tajribasi Pokiston uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi».
Oʼzbekiston Prezidentining Pokistonga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini jadallashtirish, ikki mamlakatning ishbilarmon doiralari oʼrtasidagi aloqalarni kengaytirish, yangi qoʼshma investitsiya va sanoat loyihalarini amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, Pokistondan Oʼzbekistonga tirik chorva mollarini import qilish imkoniyatlari ham koʼrib chiqildi. Tomonlar mazkur yoʼnalishdagi hamkorlik ikki mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xoʼjaligi sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladilar.
Bundan tashqari, joriy yilning 16–18 iyunь kunlari Toshkent shahrida boʼlib oʼtadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumining Oʼzbekiston–Pokiston iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini yanada chuqurlashtirish, yangi qoʼshma loyihalarni ishlab chiqish hamda ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirishdagi muhim oʼrni qayd etildi.
Tomonlar mazkur nufuzli xalqaro iqtisodiy forumda Pokiston delegatsiyasining yuqori darajada faol ishtirok etishi ikki mamlakat oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy, investiitsyaviy sherikligini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdilar.
O'xshash yangiliklar
O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi Gurlandagi texnikumga beg‘araz yordam ko‘rsatdi
Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 3-sonli texnikumga O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan 10 dona zamonaviy noutbukdan iborat beg‘araz grant topshirildi.
O‘zbekiston elchisi Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi, sanoat va ishlab chiqarish vaziri Xarun Axtar Xon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Pokiston kompaniyasi Oʼzbekistondagi past quvvatda ishlayotgan toʼqimachilik korxonasini ishonchli boshqaruvga olishga qiziqish bildirdi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning yirik toʼqimachilik kompaniyalaridan biri – «Sadaqat Limited» direktori Xurram Muxtar bilan videokonferentsiya shaklida uchrashuv oʼtkazdi.