Oʻzbekiston bilan Oʻmon oʻrtasida salmoqli hujjatlar toʻplami qabul qilindi
Masqat shahrida oʻtkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.
Masqat shahrida oʻtkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi va Oʻmon Sultonligi oʻrtasida imzolangan Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim oʻzaro munosabatlarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan boʻlib, hamkorlikning barcha jabhalarini rivojlantirishni koʻzda tutadi.
Shuningdek, marosimda o‘zaro vizadan ozod qilish, sanoat kooperatsiyasi, moliya va iqtisodiyot, imtiyozli savdo, erkin iqtisodiy zonalar, bojxona, transport-logistika, kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari, uy-joy hamda shaharsozlik, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, sogʻliqni saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, mehnat va inson resurslari, taʼlim, madaniyat va sport, boshqaruv va davlat xizmati, arxivlashtirish hamda boshqa sohalar boʻyicha qabul qilingan 30 dan ziyod hujjatlar almashildi.
O'xshash yangiliklar
Davlatimiz rahbari “Made in Uzbekistan” koʻrgazmasi bilan tanishdi
Oʻmonga davlat tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Masqatdagi Anjuman va koʻrgazmalar markazida tashkil etilgan Oʻzbekiston sanoat koʻrgazmasiga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston va Oʻmon oʻzaro munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqdilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said Masqat shahridagi “Al-Aʼlam” saroyida tor doirada uchrashuv hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokida muzokara oʻtkazdilar.
O‘mon Sultoni O‘zbekiston Prezidenti sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazdi
Masqat shahridagi “Al-A’lam” saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said tomonidan rasmiy qabul marosimi uyushtirildi.