UNESKO Oʼzbekistonning madaniy merosni muhofaza qilish tashabbusini bir ovozdan qoʼllab-quvvatladi
UNESKO Ijroiya kengashi Oʼzbekistonning “Globallashuv va iqlim oʼzgarishi sharoitida madaniy merosni asrash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish” toʼgʼrisidagi qarori loyihasini bir ovozdan maʼqulladi.
UNESKO Ijroiya kengashi Oʼzbekistonning “Globallashuv va iqlim oʼzgarishi sharoitida madaniy merosni asrash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish” toʼgʼrisidagi qarori loyihasini bir ovozdan maʼqulladi.
Mazkur qaror tashkilotning Parijdagi bosh qarorgohida Ijroiya kengashning 225-sessiyasi doirasida qabul qilindi. Ushbu tashabbusni Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev oʼtgan yilning 30 oktyabr kuni Samarqandda UNESKO Bosh konferentsiyasining 43-sessiyasi ochilishida ilgari surgan edi.
Qabul qilingan hujjat moddiy va nomoddiy madaniy merosni iqlim oʼzgarishi, tabiiy ofatlar, jadal urbanizatsiya va ijtimoiy-iqtisodiy oʼzgarishlar kabi zamonaviy global xavf-xatarlardan himoya qilishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Hujjatda UNESKOga aʼzo davlatlar, xalqaro tashkilotlar va ilmiy hamjamiyat oʼrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xavf-xatarlarning oldini olish va ularni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, ilmiy bilim va ilgʼor tajriba almashinuvini kengaytirish nazarda tutilgan.
Oʼzbekistonning 2027 yilda Xivada UNESKO bilan hamkorlikda Globallashuv va iqlim oʼzgarishi sharoitida madaniy merosni asrash boʼyicha xalqaro simpozium oʼtkazish haqidagi taklifi maʼqullangani asosiy natijalardan biri boʼldi.
Tadbir turli mamlakatlarning yetakchi mutaxassislari, xalqaro tashkilotlar, tadqiqot muassasalari va ekspertlar hamjamiyati vakillarini birlashtirishi kutilmoqda.
Ishtirokchilar madaniy obʼektlarga boʼlgan tahdidlarning oldini olish yoʼllari, zamonaviy texnologiyalarni qoʼllash, anʼanaviy bilimlarni saqlab qolish va mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish masalalarini muhokama qiladi.
Simpozium yakunlari boʼyicha milliy xususiyatlar va xalqaro tajribani inobatga olgan holda, madaniy merosni muhofaza qilish va boshqarish usullarini takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Oʼzbekiston tashabbusi qaror loyihasiga hammualliflik qilgan UNESKOga aʼzo 54 ta davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlandi. Ular orasida Xitoy, Ispaniya, Gretsiya, Portugaliya, Turkiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Ozarbayjon hamda Osiyo, Yevropa, Аfrika va Lotin Аmerikasining boshqa mamlakatlari bor.
Davlatlar vakillari taklifning dolzarbligi va UNESKOning ustuvor yoʼnalishlariga toʼla mos kelishini qayd etdi. Ular iqlim oʼzgarishi va globallashuv bilan bogʼliq xavf-xatarlar barcha mamlakatlarga, ularning geografik joylashuvi va iqtisodiy rivojlanish darajasidan qatʼi nazar, taʼsir koʼrsatishi, shu bois hamjihatlikdagi xalqaro saʼy-harakatlarni talab etishini taʼkidladi.
Delegatsiyalar Oʼzbekistonning Buyuk ipak yoʼlining tarixiy-madaniy markazlaridan biri boʼlgan Xiva shahrida simpozium oʼtkazishga tayyorligini alohida olqishladi. Ularning fikricha, ushbu tadbirning oʼtkazilishi tajriba almashish, kasbiy aloqalarni rivojlantirish va birgalikda yechimlar ishlab chiqish uchun qoʼshimcha imkoniyatlar yaratadi.
2027 yilda Xivada boʼlib oʼtadigan simpozium YuNESKO Bosh konferentsiyasining Samarqandda oʼtkazilgan 43-sessiyasi doirasida boshlangan ishlarni davom ettirishi hamda global xavf-xatarlar sharoitida madaniy merosni himoya qilish boʼyicha amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish maydoniga aylanishi kutilmoqda.
Аʼzo davlatlar tomonidan turizm salohiyatini kengaytirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. TDT mamlakatlari oʼrtasidagi umumiy turistik oqim soʼnggi besh yil davomida 35 foizdan ortiq oʼsdi.
Qoʼshma turistik yoʼnalishlarni, jumladan ziyorat, tarixiy-madaniy hamda etnografik dasturlarni rivojlantirish bu borada sezilarli amaliy natijalarni taʼminladi.
Shu nuqtai nazardan, "Turkiy dunyoning madaniy poytaxti" dasturining amalga oshirilishi hamda Xiva, Аqtau, Turkmanboshi va Shusha kabi shaharlarga mazkur maqomning berilishi TDT doirasida turistik almashinuvni sezilarli darajada faollashtirishga xizmat qildi.
Turizmni rivojlantirishning yana bir muhim omili Oʼzbekiston, Qozogʼiston, Qirgʼiziston va Turkiya oʼrtasida diniy-maʼrifiy turizmni rivojlantirishga qaratilgan "Tabarruk ziyorat" yagona turistik mahsulotining shakllantirilishi boʼldi.
Istiqbolda TDTning amaliy hamkorlik makoni sifatidagi oʼrnini yanada mustahkamlash uchun salmoqli salohiyat mavjud.
Bu borada notarif toʼsiqlarni qisqartirish va savdo-bojxona tartib-taomillarini raqamlashtirish orqali iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, transport-logistika bogʼliqligini, eng avvalo, Oʼrta yoʼlak doirasida yanada rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot hamda qoʼshma innovatsion platformalarni shakllantirishga qaratilgan texnologik hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ekspert-tahliliy, akademik va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, asosiy yoʼnalishlar boʼyicha hamkorlikni izchil chuqurlashtirish TDTning Markaziy Osiyo mamlakatlari taraqqiyoti va barqarorligini taʼminlashga xizmat qiluvchi eng istiqbolli integratsion formatlardan biri sifatidagi rolini yanada mustahkamlaydi.
O'xshash yangiliklar
Özbekiston – Bahrayn siyosiy maslahatlaşuvlarning ilk davrasi Manamada bölib ötdi
2026-yil 1-noyabr kuni Manama şahrida Özbekiston Respublikasi va Bahrayn Podşohligi taşqi işlar vazirliklari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlarning birinçi davrasi bölib ötdi.
Özbekiston taşqi işlar vaziri Pokiston Boş vaziri örinbosari va taşqi işlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
1-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri örinbosari va taşqi işlar vazir, senator Muhammad Is’hoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.
Toshkent “Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2026” 22-xalqaro koʼrgazmasiga mezbonlik qiladi
“TransLogistica Uzbekistan 2026” koʼrgazmasida qatnashishni 11 mamlakatdan 70 dan ortiq eksponent allaqachon tasdiqladi