O‘zbekiston elchisi Pokistonning yetakchi farmatsevtika kompaniyasi ijrochi direktori bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning «Remington Pharmaceutical» kompaniyasi ijrochi direktori Shaxab Koxar bilan onlayn formatda muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning «Remington Pharmaceutical» kompaniyasi ijrochi direktori Shaxab Koxar bilan onlayn formatda muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni, xususan, farmatsevtika sohasidagi aloqalarni yana-da rivojlantirish, yangi loyihalarni kelish maqsadida uyushtirildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida farmatsevtika sanoatida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, mamlakatimiz hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston bozorida zamonaviy, sifatli va arzon dori vositalariga bo‘lgan talabning ortib borayotgani, bu esa xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratayotgani alohida taʼkidlandi.
Pokiston vakili O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ining bugungi holati, sohani modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Soliq va bojxona imtiyozlari, O‘zbekistondagi farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan maxsus erkin iqtisodiy zonalardagi imkoniyatlar hamda investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Shaxab Koxar o‘zi rahbarlik qilayotgan kompaniya O‘zbekiston hamda keng Markaziy Osiyo bozoriga kirishga katta qiziqish bildirayotganini taʼkidladi. Uning aytishicha, kompaniya hozirgi kunda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda va asosan generik dori vositalarini ishlab chiqarish hamda oftalmologik mahsulotlar yo‘nalishini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Shuningdek, u O‘zbekistonda investitsiya muhitining barqarorligi, iqtisodiy islohotlarning izchilligi hamda farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar xorijiy investorlar uchun jozibador omil ekanini eʼtirof etdi. Taʼkidlanishicha, kompaniya O‘zbekiston bozoriga bosqichma-bosqich kirish strategiyasini taklif etayapti.
– Biz O‘zbekiston bozoriga kirishni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirishni maqsad qilganmiz, – dedi Shaxab Koxar. – Birinchi bosqichda tayyor dori vositalarini yetkazib berish hamda ularni mahalliy bozorda ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Keyingi bosqichda esa mamlakat hududida qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish imkoniyatlari chuqur o‘rganiladi. Bu esa ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.
Uchrashuvda, shuningdek, sifat nazorati, farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish, logistika zanjirlarini optimallashtirish va boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Pokiston tomoni bildirgan taklif va tashabbuslarni O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari mutaxassislari bilan batafsil muhokama qilish maqsadida qo‘shimcha onlayn muzokaralar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar «Remington Pharmaceutical» kompaniyasining mamlakatimiz bozoriga kirishi O‘zbekiston-Pokiston o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi kooperatsiyani yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini taʼkidladilar.
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Iordaniya Bosh vazir oʻrinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari boʻyicha vaziri bilan uchrashdi
18-aprel kuni Antaliya diplomatik forumi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Bosh vazir oʻrinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari boʻyicha vaziri Ayman Safadi bilan uchrashdi.
Moskvada «Markaziy Osiyo + Rossiya» formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
17-aprel kuni Moskva shahrida «Markaziy Osiyo + Rossiya» formatida tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Moskvada uchrashdi
17-aprel kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazdi.