Toshkent va Karachi shaharlari oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri aviaqatnovlar yoʼlga qoʼyilmoqda
Oʼzbekistonning xususiy aviakompaniyalaridan biri – «Centrum Air» shu yil 3 sentyabrdan boshlab Toshkent va Karachi shaharlari oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlamoqda.
Oʼzbekistonning xususiy aviakompaniyalaridan biri – «Centrum Air» shu yil 3 sentyabrdan boshlab Toshkent va Karachi shaharlari oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlamoqda.
Mazkur tashabbus Oʼzbekistonning Pokistondagi elchixonasi, shuningdek, ikki mamlakatning aviatsiya va transport sohasidagi vakolatli idoralari oʼrtasidagi samarali hamkorlik va izchil saʼy-harakatlar natijasida amalga oshirildi.
Yangi reyslar haftasiga ikki marta – payshanba va yakshanba kunlari bajariladi. «Toshkent–Karachi–Toshkent» yoʼnalishidagi toʼgʼridan-toʼgʼri aviaqatnovlar mamlakatlarimiz oʼrtasidagi transport aloqalarini yanada mustahkamlab, ishbilarmonlar, sayyohlar, talabalar hamda ziyoratchilar uchun safarlarni ancha qulay va tezkor qiladi.
Shuningdek, mazkur yoʼnalish nafaqat Oʼzbekistonni, balki butun Markaziy Osiyo mamlakatlarini Pokistonning muhim port shahri boʼlgan Karachi bilan oʼzaro bogʼlovchi muhim transport yoʼnalishiga aylanishi mumkin.
Taʼkidlash joizki, hozirgi kunda ikki mamlakat oʼrtasida haftasiga jami 6 ta muntazam aviareyslar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent–Lahor yoʼnalishida haftasiga 4 ta, Islomobod–Toshkent yoʼnalishida esa 2 ta reys bajarilmoqda.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.