O‘zbekiston Respublikasining Pokistondagi Elchixonasi bayonoti
O‘zbekiston Respublikasining Pokistondagi Elchixonasi Pokiston Islom Respublikasining Belujiston viloyati Kvetta shahridagi temir yo‘lda sodir etilgan, insonlar halok bo‘lishi va jarohatlanishiga olib kelgan terrorchilik harakati munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Pokistondagi Elchixonasi Pokiston Islom Respublikasining Belujiston viloyati Kvetta shahridagi temir yo‘lda sodir etilgan, insonlar halok bo‘lishi va jarohatlanishiga olib kelgan terrorchilik harakati munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
Biz terrorizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishini qat’iy qoralaymiz, bunday harakatlar uchun hech qanday oqlov bo‘lishi mumkin emas.
Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash izhor etamiz, jabrlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishni tilaymiz.
O'xshash yangiliklar
O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasi tashabbusi bilan «Hunarmand» uyushmasi delegatsiyasining Pokistonga tashrifi tashkil etildi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Respublika «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov boshchiligidagi delegatsiyaning Pokistonga amaliy tashrifi tashkil etildi.
O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi yurtimizdagi texnikumlarga maxsus kiyimlar va sport anjomlarini taqdim etdi
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan mamlakatimizdagi 9 ta kasb-hunar texnikumiga beg‘araz grant yordami yuborildi.
Xorijda istiqomat qiluvchi vatandosh yoshlar diqqatiga: Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkaziladi
Hukumat qarori bilan “Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan bo‘lib, mazkur tashabbus xorijiy davlatlarda ta’lim olayotgan yosh vatandoshlarimizning ona tilimizga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga qaratilgan.