Moskvada ShHT doirasida navbatdagi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
2026-yil 24-aprel kuni Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida ShHTning xalqaro faoliyati va mintaqaviy xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 24-aprel kuni Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida ShHTning xalqaro faoliyati va mintaqaviy xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan xavfsizlikka tahdid va xatarlar, shuningdek Tashkilot doirasida tashqi siyosiy muvofiqlashtirishni chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Alohida eʼtibor ShHTning xalqaro maydondagi rolini mustahkamlash, mintaqaviy barqarorlikni taʼminlash hamda hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan Tashkilotning shartnomaviy-huquqiy bazasini rivojlantirishga qaratildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.