Ruanda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 167-davlat bo‘ldi
18-aprel kuni Antaliya shahrida O‘zbekiston va Ruanda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.
18-aprel kuni Antaliya shahrida O‘zbekiston va Ruanda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.
«Ruanda – biz bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan 167-davlatga aylandi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Ruanda tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Olivye Nduhungirehe janoblari bilan birgalikda diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Qoʻshma kommyunikeni imzoladik. Shuningdek, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini oʻrnatish toʻgʻrisidagi Anglashuv memorandumini ham imzoladik.
Ushbu hujjatlarning imzolanishi, shubhasiz, Oʻzbekistonning Afrika qitʼasi davlatlari bilan aloqalarni kengaytirishi yoʻlidagi yana bir muhim qadam hisoblanadi».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.