Oʼzbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari yurtimizning Pokistondagi elchixonasiga tashrif buyurdi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev amaliy tashrif bilan Pokistonda boʼlib turgan Oʼzbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolarini qabul qildi.
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev amaliy tashrif bilan Pokistonda boʼlib turgan Oʼzbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolarini qabul qildi.
Uchrashuvda Oʼzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston-24», «Mening yurtim», «Renessans TV» telekanallari, «Daryo.uz» va «Xabar.uz» kabi yetakchi internet nashrlari vakillari, shuningdek, mustaqil jurnalistlar, YouTube blogerlari, inflyuenserlar va ijtimoiy tarmoqlar faollari qatnashdi.
Muloqot avvalida Pokiston bilan strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati, aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollari xususida batafsil maʼlumot berildi.
Xususan, Davlatimiz Rahbarining joriy yil 5-6-fevral kunlari Pokistonga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yanada yuqori darajaga koʼtarishda muhim siyosiy ahamiyat kasb etgani urgʼulandi. Tashrif doirasida erishilgan kelishuvlar oʼzaro strategik sherikligini amaliy mazmun bilan yanada boyitayotgani taʼkidlandi.
Shuningdek, tashrif yakunlari boʼyicha belgilangan ustuvor vazifalar va erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini taʼminlash borasida Elchixona tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida toʼxtalib oʼtildi.
– Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, ikki mamlakat tadbirkorlari oʼrtasidagi aloqalarni faollashtirish hamda hududlararo hamkorlikni yoʼlga qoʼyish borasida oldimizga aniq vazifalar qoʼyilgan, – dedi elchi А.Toʼxtaev.– Ularni oʼz vaqtida hayotga tadbiq etish boʼyicha diplomatik vakolatxonining barcha yoʼnalishlar boʼyicha aniq rejasi va yoʼl xaritalari ishlab chiqilgan.
Shuningdek, ikki davlat oʼrtasida madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, taʼlim, axborot texnologiyalari va turizm sohalarida qoʼshma loyihalarni amalga oshirish ikki tomonlama munosabatlarning istiqbolli yoʼnalishlaridan biri sifatida qayd etildi.
Xususan, bugungi kunda mamlakatlarimiz oʼrtasida haftasiga 8 ta aviareys amalga oshirilayotgani, mazkur imkoniyatlar natijasida 2025-yilda Pokistondan Oʼzbekistonga 20 mingga yaqin fuqaro sayyohlik maqsadida tashrif buyurgani bildirildi.
Uchrashuvda Pokiston va Oʼzbekiston ommaviy axborott vositalari oʼrtasida ijodiy aloqalarni yoʼlga qoʼyish, jurnalistlar safarlarini tashkil etish, dolzarb mavzularda mahorat darslari, seminar-treninglar uyushtirish va boshqa takliflar bildirildi.
Muloqot yakunida OАV vakillari oʼzlarini qiziqtirgan savollarga diplomatik missiya rahbaridan batafsil javob oldi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston va Mavrikiy oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy va turizm sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʼtariladi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Mavrikiyning Pokistondagi elchisi Munsoo Kurrimbakkus bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Oʼzbekiston elchisi Pokiston TIV rahbarining oʼrinbosari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yoʼnalishlarini muhokama qildi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokiston tashqi ishlar vazirining oʼrinbosari Bilol Haye bilan uchrashdi.
Islomobodda Oʼzbekiston sayyohlik salohiyatiga bagʼishlangan roud-shou va «Oʼzbekiston turizm mukofoti – 2026» taqdirlash marosimi oʼtkazildi
Oʼzbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Pokistonda oʼtkazilayotgan «Oʼzbekiston turizm kunlari» doirasida Islomobodda «Oʼzbekiston: tarix va kelajak uchrashgan zamin» mavzusida turistik roud-shou hamda «Oʼzbekiston turizm mukofoti – 2026» taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.