Seysmik xavfsizlikni mustahkamlash boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi
13-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev seysmik xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdimotini ko‘rib chiqdi. justify;">Mamlakatda keng ko'lamli qurilish ishlari olib borilmoqda. 2017-yildan buyon 11 ming 410 ko‘p qavatli uy barpo etildi, bu esa uy-joy masalasini hal etish va aholining turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Qurilishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan seysmologiya ham jadal rivojlanmoqda. Bu borada xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qolaversa, O‘zbekiston xalqaro hamkorlikning ko‘plab yo‘nalishlarida tashabbuskor hisoblanadi.
Ma’lumki, 1966-yil 26-aprelda Toshkentda dahshatli zilzila sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti zilzila qurbonlari xotirasini e’zozlash va bu borada xalqaro hamkorlik zarurligini eslatish maqsadida Xotira va birdamlik kunini belgilash tashabbusi bilan chiqdi. Mazkur tashabbusni e’tirof etib, yaqinda BMT Bosh Assambleyasi 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.
Bu boradagi xalqaro andozalarga amal qilish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan yangi binolarni sifatli qurishga e’tiborni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi. Shu munosabat bilan ko‘p qavatli uylarning seysmik chidamliligini oshirish, zilzilalar vaqtida aholi xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, davlat loyiha institutlari mutaxassislari ishtirokida joylarda o‘rganishlar olib borildi. Ushbu o‘rganishlar va hududlardagi seysmik vaziyatni tahlil qilish natijalari asosida seysmik xavfsizlik tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda binolarni tekshirishning yangi amaliyotini joriy etish rejalashtirilgan. Zilzila va boshqa tabiiy ofatlarga chidamli turar-joy binolari qurish bo‘yicha tajriba almashish kengaytiriladi. Shuningdek, kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida binolarni instrumental va texnik ko‘rikdan o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Ushbu tadbirlar natijalaridan kelib chiqib, xalqaro tajribani hisobga olgan holda seysmik xavf, ta’sir va tahdidlarni baholash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Bunyodkorlik ishlari sifati va xavfsizligini ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratish lozim. hamda mazkur yo‘nalishni ilmiy rivojlantirish va sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti
O'xshash yangiliklar
Ruminiya elçisi bilan uçraşuv töğrisida
27-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Ruminiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Daniyel Kristian Çobanu bilan uçraşdi.
TIV rahbari Daniyaning Özbekistondagi yangi tayinlangan elçisidan işonç yorliqlarini qabul qildi
27-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Daniyaning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elçisi Lars Tuyesenning işonç yorliqlarini qabul qildi.
TIV rahbari BMT Boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili bilan uchrashuvi to‘g‘risida
26-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan uçraşdi.