Davlatimiz rahbari Olmazordagi zamonaviy farmatsevtika korxonasiga bordi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “RomPharm NS” dori vositalarini ishlab chiqarish korxonasida boʻldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “RomPharm NS” dori vositalarini ishlab chiqarish korxonasida boʻldi.
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 28-yanvardagi “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni sohada ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga xizmat qilmoqda.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida faoliyat yuritayotgan “RomPharm NS” dori vositalari ishlab chiqarish korxonasida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga molik.
Korxonaning asosiy maqsadi ichki bozorni sifatli farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlash, import oʻrnini bosuvchi dori vositalari ishlab chiqarish hajmini oshirishdan iborat. Kelgusida yillik quvvatni 1 milliard dona tabletka, 500 million dona kapsula va 120 million dona sashega yetkazish rejalashtirilgan.
Korxona o‘zining to‘liq ishlab chiqarish sikli va nazorat laboratoriyasi Yevropa Ittifoqining GMP standartlari asosida tashkil etilgan Markaziy Osiyodagi birinchi majmualardan biri hisoblanadi.
Loyihaning umumiy qiymati 45 million yevroni tashkil etadi. 1,7 gektar maydonni egallagan korxonada 150 ta yangi ish oʻrni yaratilgan. Ishlab chiqarish jarayonining 90 foizi avtomatlashtirilgan. Zamonaviy uskunalar Italiya, Germaniya, Avstriya, AQSh, Shveysariya va Bolgariyadan keltirilgan.
Bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar toʻliq import oʻrnini bosishga yoʻnaltirilgan. Asosiy eʼtibor nevrologiya, kardiologiya, metabolik jarayonlar hamda yalligʻlanishga qarshi yoʻnalishlarda qoʻllaniladigan dori vositalarini ishlab chiqarishga qaratilgan.
Davlatimiz rahbari korxona faoliyati bilan tanishar ekan, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan quvvatlarni kengaytirish, ichki bozorni sifatli farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlash muhimligini taʼkidladi. Asosiy maqsad importga bogʻliqlikni kamaytirish va sohada yangi ish oʻrinlari yaratish ekani qayd etildi.
Shu yerning o‘zida Prezidentimizga korxona faoliyatining istiqboldagi rejalari xususida taqdimot qilindi.
O'xshash yangiliklar
Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi.
Қичқириқ маҳалласидаги ўзгаришлар пойтахтнинг бошқа маҳаллалари учун ҳам намуна бўлмоқда
Президент Шавкат Мирзиёев пойтахтимизнинг Олмазор туманидаги Қичқириқ маҳалласида амалга оширилган ободонлаштириш ишлари ва аҳоли учун яратилган шароитлар билан танишди.
Oʻzbekiston Milliy muzeyi qurilishi jadal davom etmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimiz markazida barpo etilayotgan Oʻzbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi.