Prezidentimiz Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-may kuni Samarqand shahriga tashrif buyurib, Bumomxori maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on suralari o‘qildi.
Imom Buxoriy butun islom olamida eng ulug‘ sharafga ega bo‘lib, uning maqbarasini ziyorat qilishni xohlovchilar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Ziyoratchilar uchun sharoitlarni kengaytirish maqsadida bu yerda yangi majmua barpo etilmoqda.
Davlatimiz rahbari qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi.
Uning umumiy maydoni 44 gektarga kengaytirildi. Bugungi kunga qadar maqbara, 10 ming oʻrinli masjid va toʻrtta minora qurilishi nihoyasiga yetkazildi.
Yangi majmua nafaqat ziyoratgoh, balki taʼlim maskaniga ham aylanadi. U muzey, ma'muriyat, mehmonxonalar va xizmat ko'rsatish binolarini o'z ichiga oladi. Ivonlar portali va devorlariga “Sahih al-Buxoriy” to‘plamidan hadislar joylashtiriladi.
Prezidentga majmuada yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Ichki hudud va xiyobonlarni yanada kengroq obodonlashtirish zarurligi qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.