O‘zbekiston Prezidenti “Cengiz Holding” kompaniyasi rahbarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashi doirasida “Cengiz Holding” boshqaruvi raisi Mehmet Jengizni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashi doirasida “Cengiz Holding” boshqaruvi raisi Mehmet Jengizni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi oshib, yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
“Cengiz Holding” bilan muloqot davomida energetika, geologiya va infratuzilma sohalaridagi loyihalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, issiqlik elektr stansiyalarini barpo etish hamda elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqildi.
O'xshash yangiliklar
Davlatimiz rahbari “Voltamp Energy” kompaniyasi rahbarini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishida qatnashish uchun yurtimizga tashrif buyurgan O‘monning “Voltamp Energy” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Sayyid Ayman al-Busaydiyni qabul qildi.
Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi energetika loyihalarining istiqbollari muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi xorijiy investorlar kengashining yigʻilishi doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari – “CAMCE”, “China Energy” va “Sinoma Energy” rahbarlarini qabul qildi.
Oʻzbekiston Prezidenti AQSh Prezidentining maxsus vakili bilan boʻlajak tadbirlar kun tartibini muhokama qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.