Oʻzbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-sentabr kuni Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-sentabr kuni Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi.
Oʻzbekiston – Armaniston munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shu maʼnoda, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha yangi qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish dolzarb ekani alohida qayd etildi.
Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqalarini bogʻlaydigan logistika va transport yoʻlaklarini rivojlantirish orqali oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi.
Prezidentimiz mintaqaviy barqarorlik va izchil taraqqiyot uchun mustahkam asos boʻladigan Tinchlik shartnomasini tez fursatda imzolash borasidagi saʼy-harakatlarni yuksak baholadi.
Ikki va koʻp tomonlama, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi doirasidagi tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sunʼiy intellekt sohasida xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan uchrashuvida ishtirok etdi.
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT plyus birinchi ekspertlar muloqoti ishtirokchilariga
Hurmatli forum ishtirokchilari!
Davlatimiz rahbari Ostona shahriga keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hamda Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II taklifiga binoan Ostona shahriga keldi.