Davlatimiz rahbari Ostona shahriga keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hamda Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II taklifiga binoan Ostona shahriga keldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hamda Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II taklifiga binoan Ostona shahriga keldi.
Aeroportda mamlakatimiz yetakchisini Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga, 6-noyabr kuni Prezidentimiz sunʼiy intellekt sohasida xavfsizlikni taʼminlash, uning terroristik va ekstremistik maqsadlarda ishlatilishi bilan kurashish hamda yangi texnologik xatar va tahdidlarga qarshi turishda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sunʼiy intellekt sohasida xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan uchrashuvida ishtirok etdi.
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT plyus birinchi ekspertlar muloqoti ishtirokchilariga
Hurmatli forum ishtirokchilari!
Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga joʻnab ketdi.