Oʻzbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari milliy taomlari festivalida boʻldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida tashkil etilgan milliy taomlar festivaliga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida tashkil etilgan milliy taomlar festivaliga tashrif buyurdi.
Festivalda toʻqqiz mamlakat – Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmanistonning pazandachilik anʼanalari namoyish etildi.
Oʻzbekiston stendida mehmonlar yurtimizning turli hududlariga xos non va pishiriqlar, qandolat mahsulotlari hamda quritilgan mevalar bilan tanishdilar. Ularga novvoylikning koʻp asrlik anʼanalari haqida soʻzlab berildi. Oshpazlar somsaning bir necha turini, shuningdek, shivit oshi va tuxumbarak kabi Xorazm taomlarini tayyorlash, non yopish jarayonlarini namoyish etdilar. Oʻzbek palovining turli xillari va milliy oshxonamizning boshqa taomlari ham mehmonlar eʼtiboriga havola qilindi.
Ekspozitsiyadan xalq hunarmandchiligi namunalari ham oʻrin oldi. Rishton, Buxoro, Margʻilon va Samarqand hunarmandlari oʻz mahsulotlari hamda ularni tayyorlashning anʼanaviy usullarini namoyish etdilar. Milliy kuy-qoʻshiqlar va raqslar festivalga bayramona ruh bagʻishladi.
Delegatsiyalar rahbarlari Oʻzbekiston stendi bilan tanishgach, festivalning boshqa milliy ekspozitsiyalarini koʻzdan kechirdilar.
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi
Muhtaram Serdar Gurbanguliyevich! Hurmatli hamkasblar!
O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga bo‘lajak raisligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammiti majlisning faxriy mehmoni – Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi.
O‘zbekiston Prezidenti Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisida ishtirok etdi.