Oʻzbekiston Prezidenti Belarus delegatsiyasini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni Belarus Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Viktor Karankevich boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni Belarus Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Viktor Karankevich boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston bilan Belarus oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Mamlakatimiz yetakchisining shu yil 8-9-iyul kunlari Minsk shahriga amalga oshirgan rasmiy tashrifi, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada samarali natijalar bergani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida qabul qilingan chora-tadbirlar rejasini oʻz vaqtida amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.
Yurtimizda birinchi atom elektr stansiyasi va turdosh infratuzilmani barpo etishda Belarus tajribasidan foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Boʻlajak atom elektr stansiyasini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini ekspertlik jihatidan qoʻllab-quvvatlash, soha uchun milliy kadrlarni tayyorlash hamda tegishli oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida qoʻshma dasturlarni yoʻlga qoʻyish shular jumlasidan.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.