Oʻzbekiston Prezidenti Serbiya Prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi
Boku shahrida boʻlib oʻtayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Boku shahrida boʻlib oʻtayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Koʻp qirrali Oʻzbekiston – Serbiya munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Asosiy eʼtibor tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, qayta ishlash, kimyo va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi hamda turizm kabi sohalarda kooperatsiya dasturini ishlab chiqish masalalariga qaratildi.
Gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, rektorlarning birinchi forumi hamda Kino va madaniyat kunlarini oʻzaro oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.
Yetakchilar xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.