Pokiston kompaniyasi Jizzax viloyatida zaytun plantatsiyalarini tashkil etadi
Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Pokistonning «WaterCon» kompaniyasi delegatsiyasining Oʼzbekistonga biznes-missiyasi tashkil etildi.
Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Pokistonning «WaterCon» kompaniyasi delegatsiyasining Oʼzbekistonga biznes-missiyasi tashkil etildi.
Tashrifdan maqsad «WaterCon» kompaniyasi ishtirokida Oʼzbekistonda qoʼshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini oʼrganish, hududlardagi istiqbolli loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalarini muhokama qilishdan iborat boʼldi.
«WaterCon» delegatsiyasi aʼzolari safar davomida Oʼzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʼjaligi vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi mutasaddilari bilan samarali muzokaralar oʼtkazdi.
Boʼlib oʼtgan uchrashuvlar davomida Oʼzbekistonda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muzokaralarning amaliy natijasi oʼlaroq, «WaterCon» kompaniyasi va Jizzax viloyati hokimligi oʼrtasida oʼzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida 500 gektar maydonda zaytun plantatsiyasini tashkil etish, zaytun mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, shuningdek, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish boʼyicha tomonlarning hamkorligini nazarda tutadi.
Loyihaning keyingi bosqichlarida zaytunni sanoat usulida qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni qadoqlash hamda yuqori qoʼshilgan qiymatga ega mahsulotlarni «Made in Uzbekistan» brendi ostida xorijiy bozorlarga eksport qilishni yoʼlga qoʼyish rejalashtirilgan.
Tomonlar loyihani amalga oshirish uchun zarur tashkiliy va loyihaoldi ishlarini olib borish, tegishli infratuzilmani shakllantirish, zaytun plantatsiyasini barpo etish va mahsulotlarni qayta ishlash yoʼnalishlarida hamkorlik qilish boʼyicha keyingi qadamlar belgilab oldilar.
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Jazoir tog‘-kon sanoati vaziri bilan uchrashdi
6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi tog‘-kon sanoati vaziri Murad Xanifi bilan uchrashdi.
12-16-oktabr kunlari poytaxtimizda XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi bo‘lib o‘tadi
Ochilish marosimi 12-oktabr kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi
Neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘ida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.