Pokiston kompaniyasi O‘zbekistonda to‘liq quvvatda ishlamayotgan to‘qimachilik majmuasi negizida qo‘shma korxona tashkil etadi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda Pokistonning «Rajby Industries» kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv tashkil etildi.
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda Pokistonning «Rajby Industries» kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv tashkil etildi.
Unda O‘zbekistonning elchisi Alisher To‘xtayev, O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi raisi o‘rinbosari Ruxillo Zikrillayev, «Rajby Industries» kompaniyasi direktori Masud Naqi va boshqalar ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida Pokiston tomoniga O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Xususan, mamlakatimizning boy xomashyo bazasi, paxta yetishtirish va qayta ishlash salohiyati, ishlab chiqarish hajmlarining izchil o‘sishi, eksport geografiyasining kengayib borayotgani alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, MDH davlatlari bilan amal qilayotgan erkin savdo bitimlari, Yevropa Ittifoqining “GSP+” imtiyozli savdo rejimi doirasidagi afzalliklar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Tomonlar O‘zbekistonda to‘liq quvvatda ishlamayotgan 29 ta to‘qimachilik korxonalaridan biri negizida «Rajby Industries» ishtirokida qo‘shma korxona tashkil etish hamda “autsorsing” asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
Bundan tashqari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari alohida ko‘rib chiqildi.
«O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasi jadal surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Respublikada ishlab chiqarilayotgan tayyor to‘qimachilik mahsulotlari jahon bozorida yuqori talabga ega. Biz O‘zbekistonda korxona tashkil etish orqali xalqaro brendlar buyurtmalari asosida mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘ryapmiz. Kelgusida mazkur mahsulotlarni AQSH va Yevropa bozorlariga eksport qilish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyo bozori ham jadal rivojlanmoqda va sifatli mahsulotlarga talab oshib bormoqda. Qisqasi, «Rajby Industries» O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyor», – dedi Masud Naqi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va investitsiya imkoniyatlari bilan joyida tanishish maqsadida Pokiston kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga amaliy safarint tashkil etishga kelishib oldilar.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.