Pokiston kompaniyasi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasida investitsiya loyihasini amalga oshiradi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning «Samsons Group of Companies» kompaniyasi direktori Vasem Ur Rehman bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning «Samsons Group of Companies» kompaniyasi direktori Vasem Ur Rehman bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, ayniqsa qishloq xo‘jaligi, chorvachilik hamda go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv tajribasini jalb etish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Kompaniya rahbari Vasem Ur Rehman O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda izchil va barqaror rivojlanib borayotganini taʼkidlab, O‘zbekiston iqtisodiyotining ochiqligi va jozibadorligi xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratayotganini qayd etdi. U, shuningdek, o‘z kompaniyasining O‘zbekistonda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishga katta qiziqish bildirayotganini bildirdi.
Diplomatik missiya rahbari Alisher To‘xtayev Pokiston tomoniga O‘zbekistonda investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, xususan erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, tayyor muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari, soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Hukumati tomonidan mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ayniqsa go‘sht mahsulotlari taʼminotini barqarorlashtirishga qaratilgan qo‘shimcha rag‘batlantirish mexanizmlari joriy etilgani taʼkidlandi. Jumladan, 2026 - yil 1- apreldan 1- avgustga qadar bo‘lgan davrda mol va qo‘y go‘shtini import qilishda aviayuk tashish xarajatlarining 50 foizi davlat tomonidan subsidiya qilinishi belgilangani qayd etildi. Bu kabi chora-tadbirlar sohada investitsiya faolligini oshirish va ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan taʼminlashga xizmat qilishi urg‘ulandi.
Muzokaralar chog‘ida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida keng qamrovli hamkorlik yo‘nalishlari ham ko‘rib chiqildi. Xususan, chorvachilikni industrial asosda rivojlantirish, zamonaviy laboratoriya infratuzilmasini shakllantirish va mahsulotlar sifatini xalqaro standartlar asosida nazorat qilish, agrosanoat mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va eksport hajmini oshirish, sut va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, shuningdek, sovutgichli omborxonalar tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish, amaliy loyihalarni tez fursatlarda yo‘lga qo‘yish va doimiy ishchi muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
1971 yilda tashkil etilgan «Samsons Group of Companies» ko‘p tarmoqli yirik kompaniyalardan biri bo‘lib, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi, turizm, mehmonxona biznesi, taʼlim, qurilish va ko‘chmas mulk sohalarida faoliyat yuritadi. Kompaniyaning yillik savdo aylanmasi taxminan 60 million AQSH dollarini tashkil etadi. Uning mahsulotlari asosan Yaqin Sharq mamlakatlari, Afrika davlatlari hamda boshqa qator xalqaro bozorlarga eksport qilinadi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.