Pokistonning nufuzli banki Navoiy viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi
Amaliy tashrif bilan Karachi shahrida bo‘lib turgan Navoiy viloyati delegatsiyasi Pokistonning yirik moliya muassasalaridan biri – “Sindh Bank” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Amaliy tashrif bilan Karachi shahrida bo‘lib turgan Navoiy viloyati delegatsiyasi Pokistonning yirik moliya muassasalaridan biri – “Sindh Bank” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, “Sindh Bank” prezidenti Anvar Shayx, bosh direktor o‘rinbosari Sayid Asad Ali Shoh va boshqalar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Pokiston banklari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
“Sindh Bank” prezidenti O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi ko‘magida mamlakatning qator yetakchi banklari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida izchil saʼy-harakatlar olib borilayotganini taʼkidladi. Shuningdek, u O‘zbekiston bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va moliya muassasalarining erishgan yutuqlarini yuqori baholadi.
Muzokaralar chog‘ida asosiy eʼtibor Navoiy viloyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, sanoat va qishloq xo‘jaligi loyihalarini moliyalashtirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda kreditlash mexanizmlarini kengaytirish masalalariga qaratildi. Shuningdek, bank sohasida raqamli xizmatlar va fintex yechimlarni joriy etish, banklararo hamkorlikni mustahkamlash yo‘nalishlari ham muhokama markazida bo‘ldi.
Suhbat yakunida bank sohasidagi hamkorlikni amaliy loyihalar bosqichiga olib chiqish, ustuvor investitsiya yo‘nalishlarini belgilash va qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildir.
“Sindh Bank”bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali viloyatga investitsiya oqimini oshirish, sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish hamda xalqaro iqtisodiy aloqalarni yana-da kengaytirishga erishish kutilmoqda.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.