Pokistonning yetakchi konsortsiumi Oʼzbekistonda mehmonxona biznesiga investitsiya kiritadi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning «Khan International Investment Consortium» kompaniyasi bosh direktori Habib Xan bilan muzokara oʼtkazdi.
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning «Khan International Investment Consortium» kompaniyasi bosh direktori Habib Xan bilan muzokara oʼtkazdi.
Muloqot avvalida Pokiston tomoniga Oʼzbekistonda soʼnggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va ularning samarali natijalari, mamlakatda shakllantirilgan qulay investitsiya muhiti, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda yurtimizning boy sayyohlik salohiyati haqida batafsil soʼzlab berildi.
Habib Xanning aytishicha, «Khan International Investment Consortium» kompaniyasi nafaqat Pokistonda, balki АQShda ham mehmonxonalarni boshqarish, ularga xizmat koʼrsatish va boshqa sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.
«Biz Oʼzbekistondagi yirik mehmonxonalar bilan oʼzaro manfaatli hamkorlikni yoʼlga qoʼyish va АQShning nufuzli «Best Western» xalqaro mehmonxona brendini mamlakatingiz bozoriga olib kirishni rejalashtirganmiz. Buning uchun mazkur brendning Oʼzbekiston hududida faoliyat yuritishi boʼyicha tegishli rozilik olingan», – dedi u.
Uchrashuv davomida Toshkent viloyatida mehmonxona biznesini rivojlantirish, koʼchmas mulk va zamonaviy turar joy majmualarini barpo etish sohalariga investitsiyalar jalb qilish, «Oʼzvinosanoat-xolding» kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, shuningdek, Jizzax viloyatining Zomin tumanida qoʼshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar mazkur yoʼnalishlardagi hamkorlik ikki mamlakat oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga, yangi ish oʼrinlarini yaratishga xizmat qilishini taʼkidladilar.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan istiqbolli loyihalarni har tomonlama oʼrganish va amaliy bosqichga olib chiqish maqsadida «Khan International Investment Consortium» delegatsiyasining Oʼzbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish boʼyicha kelishuvga erishildi.
«Khan International Investment Consortium» oilaviy biznes tuzilma hisoblanadi. U koʼchmas mulk, mehmonxona biznesi, elektr transport vositalari ishlab chiqarish, energetika va qurilish sohalarida faoliyat yuritadi. Konsortsium АQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy va Pokistonda turli biznes loyihalarini amalga oshirgan, shuningdek, 24 dan ortiq mehmonxonani boshqaradi.
O'xshash yangiliklar
Islomobodda «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi – 2027» tashabbusi taqdimot qilindi
Pokiston poytaxti Islomobod shahrida oʼtkazilgan «4th SES Diplomatic Network–2026» tadbirida Oʼzbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati va «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi–2027» (Pakistan–Uzbekistan Business Exchange – 2027) tashabbusi taqdim etildi.
O‘zbekiston–Pokiston tadbirkor ayollari forumi tashkil etiladi
O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev ushbu davlatda xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi Gulnora Mahmudova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik, savdo va investitsiya aloqalari yangi bosqichga olib chiqiladi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi – sanoat va ishlab chiqarish vaziri Harun Axtar Xon bilan uchrashdi.