Pokiston kompaniyasi Oʼzbekistondagi past quvvatda ishlayotgan toʼqimachilik korxonasini ishonchli boshqaruvga olishga qiziqish bildirdi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning yirik toʼqimachilik kompaniyalaridan biri – «Sadaqat Limited» direktori Xurram Muxtar bilan videokonferentsiya shaklida uchrashuv oʼtkazdi.
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning yirik toʼqimachilik kompaniyalaridan biri – «Sadaqat Limited» direktori Xurram Muxtar bilan videokonferentsiya shaklida uchrashuv oʼtkazdi.
Muloqot davomida ikki mamlakat oʼrtasida toʼqimachilik sanoati sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, Pokiston investitsiyalarini Oʼzbekiston iqtisodiyotiga jalb etish, qoʼshma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish va eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Pokiston vakiliga Oʼzbekistonda toʼqimachilik sanoatini modernizatsiya qilish, yuqori qoʼshimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida soʼzlab berildi. Shuningdek, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, soliq va bojxona imtiyozlari, erkin iqtisodiy zonalar hamda sanoat klasterlarining imkoniyatlari taʼkidlandi.
Tomonlar Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan toʼqimachilik mahsulotlarini Markaziy Osiyo, MDH va Yevropa davlatlari bozorlariga eksport qilish uchun mavjud imkoniyatlar xususida fikr almashdilar. Xususan, Oʼzbekistonning Yevropa Ittifoqining «GSP+» preferentsiyalar tizimidan foydalanayotgani mahalliy mahsulotlarni Yevropa bozoriga imtiyozli shartlar asosida yetkazib berish imkonini yaratayotgani qayd etildi.
Shuningdek, muzokaralarda Oʼzbekiston hududlarida qoʼshma toʼqimachilik korxonalarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar va ilgʼor boshqaruv tajribasini joriy qilish, xalqaro sifat standartlarini tatbiq etish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni global taʼminot zanjirlariga integratsiya qilish istiqbollari koʼrib chiqildi.
Bundan tashqari, «Sadaqat Limited» ishtirokida mamlakatimizdagi past quvvatda faoliyat yuritayotgan toʼqimachilik korxonalarini samarali boshqaruv asosida rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
– Kompaniyamiz shu kungacha Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan ip-kalava va ayrim turdagi matolarni vositachilar orqali xarid qilib kelgan, – dedi kompaniya rahbari Xurram Muxtar. – Kelgusida esa Oʼzbekistonning yirik ishlab chiqaruvchilari bilan toʼgʼridan-toʼgʼri hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, yuqori sifatli ip-kalava va mato mahsulotlarini uzoq muddatli shartnomalar asosida xarid qilish, shuningdek, olti oylik ehtiyojdan kelib chiqqan holda barqaror taʼminot mexanizmini shakllantirishga tayyormiz.
Uchrashuv yakunida «Sadaqat Limited» va yurtimizdagi yirik toʼqimachilik korxonalari oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri ishbilarmonlik aloqalarini yoʼlga qoʼyish maqsadida Oʼzbekistonning tegishli tashkilotlari bilan onlayn muzokaralar tashkil etishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
Islomobodda «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi – 2027» tashabbusi taqdimot qilindi
Pokiston poytaxti Islomobod shahrida oʼtkazilgan «4th SES Diplomatic Network–2026» tadbirida Oʼzbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati va «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi–2027» (Pakistan–Uzbekistan Business Exchange – 2027) tashabbusi taqdim etildi.
O‘zbekiston–Pokiston tadbirkor ayollari forumi tashkil etiladi
O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev ushbu davlatda xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi Gulnora Mahmudova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik, savdo va investitsiya aloqalari yangi bosqichga olib chiqiladi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi – sanoat va ishlab chiqarish vaziri Harun Axtar Xon bilan uchrashdi.