O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi tomonidan tuhfa etilgan planshetlar Xonoboddagi texnikumga yetkazildi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Kasbiy taʼlim agentligi ko‘magida yurtimizning Pokistondagi elchixonasi tomonidan beg‘araz yordam sifatida yuborilgan planshetlar Xonobod shahridagi 2-sonli texnikumga yetkazildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Kasbiy taʼlim agentligi ko‘magida yurtimizning Pokistondagi elchixonasi tomonidan beg‘araz yordam sifatida yuborilgan planshetlar Xonobod shahridagi 2-sonli texnikumga yetkazildi.
Taqdim etilgan planshetlar o‘quv jarayonida elektron darsliklar, interaktiv taʼlim platformalari va onlayn resurslardan foydalanishda faol qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ular talabalarning mustaqil taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytiradi hamda raqamli savodxonlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Planshetlarni topshirish tadbirida so‘zga chiqqan texnikum o‘qituvchilari mazkur tashabbus O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, davlat idoralari va taʼlim muassasalari o‘rtasidagi samarali hamkorlikning yana bir yorqin namunasi ekanini taʼkidladi.
Pedagoglar bunday amaliy yordamlar mamlakatimizda kasbiy taʼlim tizimini modernizatsiya qilish va uni xalqaro standartlarga moslashtirishga xizmat qilishini qayd etdi.
«O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan beg‘araz ko‘mak uchun jamoamiz nomidan minnatdorlik bildiramiz. Planshetlar maxsus fan o‘qituvchilariga taqdim etiladi. Ushbu qurilmalar o‘quvchilarimizga elektron taʼlim resurslaridan keng foydalanish, yangi bilim va ko‘nikmalarni mustaqil o‘zlashtirish imkonini beradi», – dedi texnikum direktori Jalolidin Mamatov.
O'xshash yangiliklar
Islomobodda «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi – 2027» tashabbusi taqdimot qilindi
Pokiston poytaxti Islomobod shahrida oʼtkazilgan «4th SES Diplomatic Network–2026» tadbirida Oʼzbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati va «Oʼzbekiston–Pokiston biznes almashinuvi–2027» (Pakistan–Uzbekistan Business Exchange – 2027) tashabbusi taqdim etildi.
O‘zbekiston–Pokiston tadbirkor ayollari forumi tashkil etiladi
O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev ushbu davlatda xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi Gulnora Mahmudova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik, savdo va investitsiya aloqalari yangi bosqichga olib chiqiladi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi – sanoat va ishlab chiqarish vaziri Harun Axtar Xon bilan uchrashdi.