Portugaliya Respublikasiga amalga oshirilgan tashrifga oid
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Lissabon shahrida O‘zbekiston – Portugaliya biznes-forumida ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Lissabon shahrida O‘zbekiston – Portugaliya biznes-forumida ishtirok etdi.
Forumda Portugaliyaning yetakchi kompaniyalari va investitsiya doiralari vakillari ishtirok etib, global iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar sharoitida barqaror ta’minot zanjirlarini shakllantirish, investitsiya muhitini yaxshilash hamda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, muhandislik, qishloq xoʻjaligi, energetika, transport, turizm, axborot texnologiyalari sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish uchun kuchli salohiyat mavjudligi qayd etildi.
Forum ikki mamlakat iqtisodiyotlarining bir-birini to‘ldiruvchi kuchli jihatlarini yuzaga chiqardi hamda barqaror, innovatsiyaga yo‘naltirilgan hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan umumiy qiziqishlarni namoyon etdi.
TIV rahbari biznes-forumni tashkil etishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun Portugaliya sanoat assotsiatsiyasi vitse-prezidenti J.Paishga minnatdorlik bildirdi.
Shu kuni Baxtiyor Saidov Portugaliya tashqi ishlar vaziri Paulu Ranjel bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Portugaliya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish, siyosiy muloqotni faollashtirish hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Agrosanoat, infratuzilma, “yashil” energetika, turizm, transport, madaniy-gumanitar va boshqa muhim sohalarda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Shuningdek, vazirliklar o‘rtasida axborot almashinuvi va ilg‘or tajribalarni o‘zaro o‘rganishga qaratilgan Anglashuv memorandumini imzolandi.
Mazkur hujjat ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, institutsional muloqotni chuqurlashtirish hamda samarali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.