Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2026-yil 8-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Muzaffar Madrahimov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashdi.
2026-yil 8-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Muzaffar Madrahimov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashdi.
Muzokaralarda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat davomida oliy va yuqori darajadagi boʻlajak qoʻshma tadbirlarni sifatli tashkil etish va mazmunan boyitish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarda amaliy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, mavjud hamkorlik mexanizmlaridan samarali foydalanish muhimligini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi
Hurmatli Serdar Gurbanguliyevich! Hurmatli hamkasblar!
Oʻmon Sultonligi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari bilan uchrashuvga oid
2026-yil 8-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Oʻmon Sultonligi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Shayx Holid al-Maslahiy bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Iordaniya bilan o‘tkazilgan siyosiy maslahatlashuvlarning 3-davrasiga oid
2026-yil 7-oktabr kuni O‘zbekiston va Iordaniya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi 3-davrasi boshqarma boshliqlari darajasida bo‘lib o‘tdi.