O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi yangi qo‘shma loyihalarga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev qo‘shma loyihalarga start berish marosimida ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev qo‘shma loyihalarga start berish marosimida ishtirok etdilar.
So‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.
Marosim doirasida bank sohasidagi hamkorlik, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish, ta’lim muassasalarini tashkil etish, avtomobillarga yoqilg‘i quyish infratuzilmasini barpo etish, yirik turistik va turar joy majmualarini qurish, mineral xomashyoni qayta ishlash va bog‘dorchilikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi qo‘shma loyihalarga start berildi.
Tadbir ishtirokchilari hududlardagi loyiha maydonlaridan onlayn aloqaga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdilar.
Yangi qo‘shma loyihalar ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi kooperatsiyani yanada kengaytirish, o‘zaro investitsiyalar hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilishi qayd etildi.
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Oʻzbekiston – Britaniya iqtisodiy qoʻmitasining ikkinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Buyuk Britaniyaning savdo boʻyicha davlat vaziri lord Anas Sarvarni qabul qildi.
Davlatimiz rahbarining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi
Muhtaram Serdar Gurbanguliyevich! Hurmatli hamkasblar!