Davlatimiz rahbari “Özbekiston – Iordaniya” körgazmasi bilan tanişdi
Iordaniyaga davlat taşrifi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ammon şahrida taşkil etilgan “Özbekiston – Iordaniya” körgazmasiga taşrif buyurdi.
Iordaniyaga davlat taşrifi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ammon şahrida taşkil etilgan “Özbekiston – Iordaniya” körgazmasiga taşrif buyurdi.
Davlatimiz rahbariga Iordaniya Hoşimiylar Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn hamrohlik qildi.
Körgazmada ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik salohiyati, toğ-kon sanoati hamda geologiya, kimyo, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat, transport va logistika, elektrotexnika, töqimaçilik, farmatsevtika hamda mudofaa sanoati kabi ustuvor yönalişlarga bağişlangan bölimlar taşkil etilgan.
Yetakçilarda barça tarmoqlar böyiça Özbekiston va Iordaniyadagi istiqbolli investitsiya loyihalari ham taqdimot qilindi. Bu ikki mamlakat investorlariga sarmoya kiritiş mumkin bölgan manfaatli loyihalar bilan bevosita tanişiş imkonini berdi.
Stendlarda mineral xomaşyo va bazalt mahsulotlari, öğitlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kalava ip, mato va tayyor kiyimlar hamda dori vositalari namunalari namoyiş qilinmoqda.
Ikki mamlakat yirik kompaniyalari vakillari qöşma loyihalarning amalga oşirilişi yuzasidan axborot berdi.
Körgazma Özbekiston va Iordaniyaning yetakçi korxonalari örtasida kooperatsiyani mustahkamlaş, ilğor tajriba va zamonaviy texnologiyalar almaşinuvini kengaytirişga xizmat qilişi qayd etildi.
O'xshash yangiliklar
Özbekiston Prezidentining Iordaniyaga davlat taşrifi yakunlandi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Iordaniya Hoşimiylar Podşohligiga davlat taşrifi yakuniga yetdi.
Özbekiston va Iordaniya işbilarmon doiralari örtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanadi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Iordaniya biznes forumining oçiliş marosimida iştirok etdi.
Özbekiston va Iordaniya örtasida strategik şeriklik munosabatlari örnatildi
Ammon şahrida ötkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoşimiylar Podşohi Abdulla II ibn Al-Husayn huzurida özaro hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötdi.