O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Kuvaytning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi
11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvaytning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Turki Xolid Hamad al-Mikradning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvaytning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Turki Xolid Hamad al-Mikradning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Kuvaytning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Turki Xolid Hamad al-Mikrad janoblarining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. –Oʻzbekiston va Kuvayt oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari kun tartibimiz markazida boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining 2025-yil fevral oyida Kuvaytga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarimizni yangi bosqichga olib chiqqanini qayd etdik.
Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalarini ham koʻrib chiqdik. Elchi janoblariga Oʻzbekistondagi masʼuliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.