Eron yo‘llar va shaharsozlik vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
18-avgust kuni Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasining yo‘llar va shaharsozlik vaziri Farzane Sodiq bilan uchrashdi.
18-avgust kuni Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasining yo‘llar va shaharsozlik vaziri Farzane Sodiq bilan uchrashdi.
Muloqot davomida tomonlar transport-tranzit sohasidagi O‘zbekiston-Eron hamkorligining joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Shuningdek, transport va tranzit aloqalarini yanada kengaytirish, xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika yo‘nalishlari samaradorligini oshirish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashish hajmlarini ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, tegishli idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish va transport-logistika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.