Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar
Anqara shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Anqara shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Davlatimiz rahbari Turkiyaning milliy bayrami – Respublika kuni munosabati bilan butun turk xalqini qizgʻin muborakbod etib, tinchlik-osoyishtalik, bardavom taraqqiyot va farovonlik tiladi.
Muloqot chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, xususan, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Soʻnggi yillarda barcha darajalarda faol muloqotlar olib borilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi, qoʻshma korxonalar va aviaqatnovlar soni izchil oʻsib bormoqda. Hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha muntazam ravishda qoʻshma tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.
Tomonlar biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqori darajadagi kengashni taʼsis etish, Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning navbatdagi yigʻilishiga puxta tayyorgarlik koʻrish, istiqbolli loyihalar portfelini kengaytirish hamda yangi yoʻnalishlar boʻyicha amaliy hamkorlikni izchil davom ettirish muhimligiga alohida eʼtibor qaratdilar.
Yetakchilar boʻlajak tadbirlar rejasi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston Prezidenti Xalqaro velosipedchilar ittifoqi rahbarini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Xalqaro velosipedchilar ittifoqi prezidenti David Lappartyanni qabul qildi.
“2027-yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili”ning rasmiy ochilish marosimi ishtirokchilariga
Hurmatli anjuman ishtirokchilari! Qadrli mehmonlar!
Prezidentimiz yoʻl xoʻjaligi sohasidagi yangi ilmiy-amaliyot markazini koʻzdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining ilmiy-amaliyot markaziga tashrif buyurib, muassasa faoliyati va bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.