Oʻzbekiston Prezidenti Xalqaro velosipedchilar ittifoqi rahbarini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Xalqaro velosipedchilar ittifoqi prezidenti David Lappartyanni qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Xalqaro velosipedchilar ittifoqi prezidenti David Lappartyanni qabul qildi.
Muloqot chogʻida mamlakatimizning ushbu nufuzli sport tashkiloti bilan samarali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
David Lappartyan Oʻzbekistonning velosport va paravelosportda erishgan yutuqlarini hamda yurtimizda zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni ushbu sport turi bilan shugʻullanishga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni alohida eʼtirof etdi.
Sportchilarni tayyorlash va murabbiylarning malakasini oshirish boʻyicha qoʻshma dasturlarni ilgari surish, Toshkent shahrida Jahon velosport markazining mintaqaviy filialini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Qoʻshma “yoʻl xaritasi” asosida Oʻzbekistonda velosport boʻyicha yirik xalqaro sport tadbirlari va musobaqalarini oʻtkazish rejalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida sport tashkiloti rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti velosportni rivojlantirish va ommalashtirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Osiyo velosport konfederatsiyasining oliy faxriy mukofoti – “Prezident mukofoti”ga sazovor bo‘lganini mamnuniyat bilan ma’lum qildi.
O'xshash yangiliklar
“2027-yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili”ning rasmiy ochilish marosimi ishtirokchilariga
Hurmatli anjuman ishtirokchilari! Qadrli mehmonlar!
Prezidentimiz yoʻl xoʻjaligi sohasidagi yangi ilmiy-amaliyot markazini koʻzdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining ilmiy-amaliyot markaziga tashrif buyurib, muassasa faoliyati va bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Qoʻriqlash xizmatlari sifatini oshirish va qamrovini kengaytirish choralari koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev qoʻriqlash xizmatlari sifati va qamrovi darajasini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.