O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.
20-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Ikki davlat yetakchilari butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr va qutlug‘ Navro‘zi olam bayramlari munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar. Do‘st O‘zbekiston va Pokiston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va davomiy ravnaq tilaklari izhor etildi.
O‘zbekiston Prezidentining joriy yil fevral oyida Pokistonga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yangi sifat bosqichiga ko‘targani alohida ta’kidlandi.
Oliy darajadagi tashrifdan keyin vazirliklar, idoralar va hududlar darajasidagi muloqotlar yanada faollashgani, o‘zaro almashinuvlar aniq natijalar bilan boyib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shuningdek, tomonlar sermahsul suhbat davomida so‘nggi vaqtlarda Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskinlikdan jiddiy tashvish bildirgan holda, har qanday ziddiyat va muammoni faqat tinch va diplomatik vositalar orqali hal etish zarurligiga urg‘u berdilar.
O'xshash yangiliklar
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Hindiston Bosh vaziri davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi 29-30-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Oʻzbekiston Prezidenti Singapurning Katta vazirini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni Singapur Respublikasining Katta vaziri Li Syan Lun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.