Oʻzbekiston va Pokiston yetakchilari kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar
Bishkek shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Bishkek shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Pokistonni Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislikni qabul qilayotgani bilan samimiy tabrikladi.
Joriy yilning fevral oyida Islomobodga amalga oshirilgan tarixiy tashrif va boʻlib oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvlar munosabatlarimizni yangi sifat bosqichiga koʻtargani alohida qayd etildi.
Muloqot davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika boʻyicha hamkorlik koʻlamini yanada kengaytirish borasida fikr almashildi.
Uchrashuvda hududlararo hamkorlik va gumanitar yoʻnalishdagi aloqalarni rivojlantirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Xususan, joriy yilda Xiva shahrida Hududlararo forum oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotgani hamda Pokistonda Oʻzbekiston madaniyati va kinosi kunlarini tashkil etish rejalashtirilayotgani qayd etildi.
Toʻqimachilik, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi va boshqa muhim sohalardagi loyihalarni jadallashtirish maqsadida qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston yetakchisi AQSh Prezidentining maxsus vakilini qabul qildi
Bishkek shahriga tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.
Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh kotibi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida oʻtayotgan ShHT sammiti tadbirlari doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston Prezidenti va Xitoy Raisi keng koʻlamli hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar
Bishkek shahrida oʻtayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi.