Islomobodda to‘qimachilik sohasida O‘zbekiston va Pokiston hamkorligini yanada jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari uyushmasi raisi Tariq Mahmud Bhatti bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari uyushmasi raisi Tariq Mahmud Bhatti bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida to‘qimachilik sohasidagi hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yurtimizda ishlab chiqarilgan tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini xorijiy bozorlarga eksport qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratish, shuningdek, sohaga zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Elchi Alisher To‘xtayev so‘nggi yillarda O‘zbekistonda g‘o‘zani yetishtirishdan tortib, paxtani qayta ishlash, ip-kalava ishlab chiqarish, mato tayyorlash va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq qiymat zanjirini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida maʼlumot berdi. Shu bilan birga, Davlatimiz Rahbarining mazkur sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan farmon va qarorlari alohida taʼkidlandi.
Xususan, O‘zbekiston Prezidentining 2025 yil 16 yanvarda qabul qilingan «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni sohaning yangi bosqichga ko‘tarilishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi. Mazkur hujjat bilan sohaning eksport salohiyatini kengaytirish, mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish va ularning keng miqyosda tashqi bozorlarga chiqishi uchun mustahkam zamin yaratildi. Shuningdek, mamlakatda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining investitsion jozibadorligi sezilarli darajada oshgani taʼkidlandi.
Pokiston tomoniga O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining ulkan salohiyati, jumladan, xom ashyo resurslari, xorijiy investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti hamda amalga oshirishga tayyor bo‘lgan investitsiya loyihalari haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi. Ayniqsa, faoliyati to‘xtab qolgan yoki past quvvatda ishlayotgan korxonalar negizida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari alohida qayd etildi.
O‘z navbatida, uyushma raisi Tariq Mahmud Bhatti jahonda kuzatilayotgan global iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida birlashma aʼzolari O‘zbekiston bozoriga katta qiziqish bildirayotganini taʼkidladi. Uning aytishicha, geografik joylashuvning qulayligi, tarixiy va madaniy yaqinlik, shakllangan qulay va ishonchli ishbilarmonlik muhiti hamda mavjud investitsiya imkoniyatlari bu borada muhim omil bo‘lmoqda.
«So‘nggi yillarda O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati iqtisodiyotning yetakchi drayverlaridan biriga aylandi. Bu kabi islohotlar nafaqat mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishi va aholi farovonligini taʼminlashda, balki xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, uyushmamiz aʼzolari ham o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikda poliester va sunʼiy tola asosida gazlama ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish va ularga investitsiya kiritishga tayyor», – dedi u.
Uchrashuv yakunida Pokiston trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari uyushmasi delegatsiyasining O‘zbekistonga ishchi tashrifini tashkil etishga kelishib olindi. Safar davomida tegishli davlat va sohaviy tashkilotlar hamda sanoat birlashmalari vakillari bilan “B2B” formatda muzokaralar o‘tkazish, shuningdek, yirik to‘qimachilik korxonalari va sanoat obyektlariga tashrif buyurish rejalashtirildi.
Maʼlumot uchun, Pokiston trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari uyushmasi 400 ga yaqin kompaniyani birlashtirib, 3000 dan ortiq ishlab chiqaruvchi va eksportchilarni qamrab olgan yirik sohaviy tashkilot hisoblanadi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.