O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik, savdo va investitsiya aloqalari yangi bosqichga olib chiqiladi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi – sanoat va ishlab chiqarish vaziri Harun Axtar Xon bilan uchrashdi.
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi – sanoat va ishlab chiqarish vaziri Harun Axtar Xon bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, iqtisodiy hamkorlik, savdo, investitsiyalar, eksport va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5-6-fevral kunlari Pokistonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish borasidagi ishlarning borishi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Bosh vazir maslahatchisi Harun Axtar Xon Pokiston O‘zbekiston bilan iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, savdo, investitsiyalar, eksport va turizm sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi birodarlik va do‘stlik munosabatlari o‘zaro manfaatli iqtisodiy va tijorat aloqalarini kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Shuningdek, uchrashuvda o‘zaro delegatsiyalar almashinuvini kengaytirish, hududlararo hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, shuningdek, imzolanishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama xalqaro shartnomalar bo‘yicha ishlarni jadallashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Shu bois, yaqin kelajakda kutilayotgan yuqori darajadagi tashriflar, O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumi va Hududlararo forumni yuqori saviyada tashkil etish hamda ularni amaliy natijalarga yo‘naltirish muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar. Ta’kidlanganidek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlari sonining ortib borayotgani ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni, shu jumladan, savdo va turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘layapti.
Mamlakatlarimiz o‘rtasida yuk tashish bo‘yicha kargo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muloqotning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. Avia-kargo sohasidagi transport-tranzit aloqalarini yanada yaxshilash ikki tomonlama savdo va eksport hajmini oshirishga, shuningdek, tovarlarni ikki mamlakat o‘rtasida tashishni yengillashtirishga xizmat qiladi.
Muloqot yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va ko‘p yillik birodarlik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi hamkorlikni davom ettirishga tomonlarning qat’iy intilishi tasdiqlandi.
O'xshash yangiliklar
Islomobodda Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasida tibbiyot sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning «Maroof International Hospital» tashkiloti rahbari Nosir Аhmad bilan uchrashuv oʼtkazdi.
O‘zbekiston hududlaridagi olti texnikumga Pokistondan yangi jihozlar to‘plami topshirildi
Mamlakatimizning Pokistondagi elchixonasi O‘zbekistonning oltita ta’lim muassasasidagi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida beg‘araz grant yordami ko‘rsatdi.
O‘zbekiston va Pokiston kompaniyasi po‘lat ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirmoqchi
O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev “Pak Steel” kompaniyasi direktori Hassan Farid bilan uchrashdi.