Yangi metro liniyasi haqida xabar bering
Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent metropolitenini rivojlantirish boʻyicha rejalashtirilgan loyihalar haqida maʼlumot berildi. justify;">Poytaxt jamoat transporti tizimida metropoliten alohida o'rin tutadi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi liniyalar qurilmoqda. Yunusobod yo‘nalishi “Turkiston” bekatigacha, Chilonzor liniyasi esa Sergeli tumanigacha uzaytirildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Toshkentda ham yer usti metrosi paydo bo‘ldi – “Do‘stlik” bekatidan Sirg‘aligacha halqa liniyasi qurildi. Ushbu yangi yo‘nalishlar Yunusobod, Yashnobod, Bektemir, Mirobod, Sergeli va Yangixayot tumanlarini bog‘lab, fuqarolarning kundalik qatnovi uchun qulaylik yaratdi.
Endilikda metropolitenni Toshkent traktor zavodi massivigacha kengaytirish rejalashtirilgan. Prezident avvalgi muhokamalarda loyihani xarajat va qulaylik nuqtai nazaridan optimallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Tayyorlangan taklifga ko‘ra, loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda Chilonzor liniyasining Pushkin stansiyasidan Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi Feruza massivigacha bo‘lgan yo‘nalishda mavjud temir yo‘llarga parallel ravishda quruqlik liniyalari quriladi. Ikkinchi bosqichda esa TTZ massividagi avtovokzalgacha uzaytiriladi.
Hozirda ushbu yoʻnalishdan shahar markaziga har kuni 47 mingga yaqin avtomobil kirib, jami 194 ming yoʻlovchini tashiydi. Yangi metro liniyasi kuniga 85 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda.
Taqdimotda loyihaning texnik va amaliy jihatlari atroflicha muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sayti.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.